Yana bitta soha xodimlariga drondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

  •   DiMaX
  •  839
  •  16.07.2020 15:28

Yana bitta soha xodimlariga drondan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yangi tahrirdagi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Bu haqda Sof.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Sirdaryoda 750 dollarga dron sotayotgan fuqaro ushlandi

Unda qator yangiliklar ko‘zda tutilgan. Jumladan, OAV foto va videomateriallarni tayyorlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali tegishli davlat organi tomonidan belgilab berilgan hududlarda, qirq metrgacha bo‘lgan balandlikda, vazni uch kilogrammdan ziyod bo‘lmagan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, loyihada ro‘yxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan tegishli ko‘rsatkichlar bilan suratga olish taqiqlangan hududlardan tashqari jamoat joylari, bino va inshootlarni hech qanday cheklovlarsiz foto va video tasvirga olish huquqi, OAVlar ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushini o‘ttiz foizdan qirq to‘qqiz foizgacha oshirishga ruxsat berilmoqda.

O‘QING: DXX ushlagan dron chegaradan nima olib o‘tayotgan edi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!