Yana bo‘lmadi: Samsung Galaxy Fold uchun olingan buyurtmalarni bekor qilishmoqda

  •   DiMaX
  •  790
  •  15.06.2019 10:06

Yana bo‘lmadi: Samsung Galaxy Fold uchun olingan buyurtmalarni bekor qilishmoqda

Janubiy koreyalik gigant inqilobiy gadjeti – Galaxy Fold displeyidagi nosozlik tufayli xatosini tan olib, uzr so‘rashga majbur bo‘lgandi. Keyin kompaniya sotuvga qo‘yilgan barcha buklama smartfonlarini qaytarib olgan, yaqinda esa qayta savdoga chiqarishi aytilgan edi.

O‘QING: Ikkinchi urinish: Samsung Galaxy Fold ham Huawei Mate X bilan bir vaqtda sotuvga chiqadi

Garchi Samsung shu oyda Galaxy Fold’larini qayta taqdim etib, iyulda yana sota boshlashi haqida xabarlar ko‘paygan bo‘lsa-da, aslida vaziyat chatoqroq, shekilli. Avvalroq yirik Best Buy do‘konlar tarmog‘i ushbu smartfon uchun avvaldan olingan buyurtmalarni bekor qilgan edi. Endi esa AT&T uyali aloqa operatori ham shunday yo‘l tutayotgani ma’lum bo‘ldi.

Oldindan buyurtma rasmiylashtirgan mijozlariga AT&T kompaniyasi xat jo‘natmoqda: unda Samsung mazkur innovatsion qurilmasining chiqarilishini juda cho‘zib yuborgani tushuntirilgan. Natijada bu masalaning eng maqbul yechimi – kompensatsiya to‘lab berish bo‘layotir, deb hisoblaydi operator.

O‘QING: Galaxy Fold g‘ilofini Samsung yana bitta smartfon narxida sotadi!

Shunday qilib, avvaldan buyurtma rasmiylashtirgan mijozlariga AT&T qo‘shimcha bonus sifatida 100 dollarlik chegirma kartalari ham taqdim etayotir. Samsung Galaxy Fold uchun to‘langan pullar 60 kun ichida qaytariladi, chegirma kartalari esa AT&T mijozining to‘lov hisobiga o‘tkazib beriladi.

Xullasi kalom, Samsung baribir Galaxy Fold bilan inqilob qila olmadi, endi uning ikkinchi urinishi qachon amalga oshirilishi ham noma’lum bo‘lib turibdi. Kompaniyaning hozirgacha global savdoga chiqqan ayrim telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Galaxy A’larning bari arzonlashdi – Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 10 iyun)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!