Yana boshlandi: Nothing yangi mahsulot taqdim qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda

Yana boshlandi: Nothing yangi mahsulot taqdim qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda

Shubhasiz, Nothing kompaniyasining phone (1) smartfoni taqdimoti yilning eng shov-shuvli tadbirlaridan biri bo'ldi. Taqdimotdan avvalga, joriy boshlariga qaytadigan bo'lsak, londonlik kompaniya o'zining elektron qurilmalari ekotizimini yaratishini ma'lum qilgan edi. Hozirda Nothing simsiz quloqchin va smartfon mahsulotlarini taqdim qiladi. Xo'sh, undan keyinchi?

Kecha Nothing kompaniyasi o'zining rasmiy Twitter sahifasiga yangi tizer postni joyladi.

"Ulug'vor. Tez kunda." deb yozilgan tvit ostida kapalak surati ham bor. Kompaniya rahbari Karl Pey ham ushbu post o'z sahifasiga qayta joylagan holda "Hayvonlar Qirolligi qayta chorlamoqda" deya izoh qoldirgan.

Nothing kompaniyasi odatda o'z qurilmalari marketinggi uchun turli xil hayvonlardan foydalanadi. Masalan, yaqinda taqdim qilingan phone (1) smartfonlari to'tiqushlar bilan reklama qilingan bo'lsa, ear (1) simsiz quloqchinlari xonqizilar bilan odamlar e'tiborini o'ziga jalb qilgan. Bu safargi kapalak ham kompaniyaning butunlay yangi mahsulot uchun ishora bo'lishi ham mumkin, lekin bu hozircha noma'lum.

Aytish kerakki, yaqinda Concept Central tomonidan Nothing book (1) konsept dizayni tayyorlangan edi. Qizig'i shundaki, konsept videoda ham noutbuk ko'k kapalak bilan ko'rsatilgan. Karl Pey esa unga qarsaklar emojisi bilan o'z munosabatini bildirgan. 

Qo'shimcha ma'lumotlarni tez kunda rasmiy tizerlar bilan yoki ma'lumotlar sizdirilishi orqali bilib olishimiz mumkin bo'ladi.

O'QING: Vertu 8,000 dollarga old kamerasiz buklamafonni taqdim qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!