Yana ikki texnogigant kompaniya Rossiya bozorini tark etdi

Yana ikki texnogigant kompaniya Rossiya bozorini tark etdi

Dunyodagi eng yirik yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi Intel va AMD kompaniyalari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sabab boshqa davlat tomonidan qo‘llanilayotgan sanksiyalarga qo‘shilgan holda Rossiya va Belorusiya davlatlariga o‘z mahsulotlarini yetkazib berish va sotishni to‘xtatganligini ma’lum qilishdi. 

"Amerika Qo‘shma Shtatlari va boshqa davlatlar tomonidan Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarga asoslanib, hozirda AMD mahsulotimizni Rossiya va Belarusga sotish va tarqatishni to‘xtatmoqda." deya xabar bergan AMD Tom's Hardware nashriga bergan bayonotida. 

Intel kompaniyasi ham o‘z rasmiy saytida: "Intel Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralaydi va biz Rossiya va Belorussiyadagi mijozlarga barcha jo‘natmalarni yetkazib berishni to‘xtatdik." deb xabar qoldirgan. 

O‘QING: Rossiyaliklar endi "tishlangan olma" sotib olisholmaydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!