Yana ikki Xiaomi smartfoni MIUI 11'ga o‘tmoqda

Yana ikki Xiaomi smartfoni MIUI 11'ga o‘tmoqda

Xiaomi eski qurilmalariga yangi dasturiy ta’minot jo‘natishda davom etmoqda. Android 10 bazasida ishlovchi MIUI 11'ga o‘tayotgan navbatdagi ikki qurilma 2018-yilning yozida taqdim qilingan Xiaomi Mi Max 3 va Xiaomi Mi 8 Lite'lardir.

Qurilmalarning Xitoy talqini allaqachon yangi dasturiy ta’minotga o‘tib bo‘lgan, endi navbat global versiyalarga keldi.

Xiaomi Mi Max 3'ga jo‘natilgan yangilanish versiyasi — v.11.0.1.0 QEDMIXM. Agar apdeyt kelishini kutishni xohlamasangiz, Xiaomi jamiyati veb-saytiga o‘tib, 1.8GB lik proshivkani yuklab olsangiz bo‘ladi. Yangilanish bilan birga qurilmangizda yangi ranglar sxemasi, butun tizimda amal qiluvchi Qora fon hamda yangilangan xavfsizlik patchlariga ega bo‘lasiz.

Xiaomi Mi 8 Lite'ga kelgan yangilanish versiyasi esa v.11.0.1.QDTMIXM bo‘lib, 2.4GB hajmga ega. Apdeytdan so‘ng, smartfoningiz xavfsizlik darajasi fevral oyigacha ko‘tariladi.

Muhim eslatma: agar telefoningizni Xitoydan sotib olgan bo‘lsangiz yoki dasturchi opsiyasini yoqib qo‘ygan bo‘lsangiz, tizimni yangilashdan oldin barcha ma’lumotlaringizni boshqa qurilma yoki bulutga saqlab qo‘ying. Aks holda, ularning barchasi o‘chib ketadi.

O‘QING: Xiaomi quvvati 30 kunga yetuvchi, himoyalangan smart-soat taqdim etdi