Yana ikkita shahrimizda «Yandeks.Taksi» ish boshladi, lekin Toshkent hokimi o‘rinbosari unga qarshi!

  •   DiMaX
  •  1647
  •  20.09.2019 12:05

Yana ikkita shahrimizda «Yandeks.Taksi» ish boshladi, lekin Toshkent hokimi o‘rinbosari unga qarshi!

O‘zbekistonda o‘zining turli xizmatlarini taqdim etib kelayotgan Yandeks kompaniyasi o‘zining Taksi servisini Farg‘ona va Marg‘ilonda ham ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya xabariga tayanib «Spot» nashri yozmoqda.

O‘QING: Yandeks Toshkentda transport harakatini ko‘rsata boshladi

«Farg‘ona va Marg‘ilon aholisi bizning ilovamiz yordamida buyurtma berish jarayonini to‘liq nazorat qilishlari va haydovchi yo‘lovchini olish joyiga kelayotganini hamda u hozir qayerda ekanligini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi», – deydi «Yandeks.Taksi»ning O‘rta Osiyo bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Tamirlan Shapiyev.

Servisda Farg‘ona va Marg‘ilonda ham, boshqa shaharlarda bo‘lgani kabi, o‘zining haydovchilari va mashinalari bo‘lmaydi. Kompaniya mahalliy yo‘lovchi tashuvchilar bilan hamkorlik qiladi.

O‘QING: «Yandeks.Taksi» orqali vertolyot buyurtma qilish mumkin bo‘ladi

Shuningdek, Toshkent shahri hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Hotambek Shokirov mamlakatimiz hududida «Yandeks.Taksi» agregatorini yopish taklifi bilan chiqqan. Bu fikrni u Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 58-sessiyasidagi nutqida aytgan, deya xabar beradi Repost.uz nashri.

Poytaxt hokimi o‘rinbosarining ta’kidlashicha, «Yandeks.Taksi» serverlari xorijda joylashgan; uning o‘rniga o‘zimizda shunga o‘xshash xizmatni tashkil etish payti kelgan. Mahalliy noqonuniy taksichilarning faoliyatini legallashtirib, ularni shunday servisga jamlasak, natijada soliqlardan davlat byudjetiga 430 milliard so‘mgacha mablag‘ tushadi, degan Hotambek Shokirov.

O‘QING: O‘zbekiston hatto Google, Yandeks, AliExpress va Netflix’ga ham soliq solmoqchi!