Yana ikkita Xiaomi smartfoni MIUI 13 grafik qobig‘iga o‘tadi

Yana ikkita Xiaomi smartfoni MIUI 13 grafik qobig‘iga o‘tadi

Yangi MIUI 13 interfeysining rasmiy premerasi 28-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shu kuni kompaniya Mi 11 Ultra, Mi 11 Pro, Mi 11, Redmi K40 Pro va Redmi K40 Pro+ modellariga MIUI 13'ning barqaror versiyasini jo‘natishni boshlaydi. 

Shu bilan birga, Mi 10S, Xiaomi Mix 4, Redmi K40 Gaming, Redmi Note 10 Pro 5G qurilmalari ham xuddi shu kuni MIUI 13 grafik qobig‘iga o‘tishishni boshlaydi. Endi ushbu ro‘yxatga Redmi K40 va Xiaomi 11 Lite 5G smartfonlari ham qo‘shildi. 

Bu ikki model uchun MIUI 13 interfeysi allaqachon Xiaomi yangilash serverida paydo bo‘lgan va ular Android 12 operatsion tizimiga asoslangan. 

O‘QING: Redmi Note 11 4G'ning global versiyasi sotuvga chiqmoqda 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.