Yana naq 15 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 11 tarqatila boshladi

  •   DiMaX
  •  2718
  •  08.11.2019 10:11

Yana naq 15 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 11 tarqatila boshladi

Xiaomi o‘tgan oyda o‘z mobil qurilmalari uchun grafik qobiqning navbatdagi – MIUI 11 talqinini taqdim etgandi. O‘shandan buyon bir qator modellar uchun mazkur dasturiy ta’minot asosidagi proshivkalar tarqatilib kelayotir.

O‘QING: MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu yangilanishning birinchi to‘lqinida mana bu Xiaomi modellari uchun MIUI 11 bazasidagi proshivkalar taqdim etilgan edi:

  1. Mi 9 Pro 5G
  2. Mi 9 SE
  3. Mi Mix 3
  4. Mix 2s
  5. Mi 8
  6. Mi 8 Youth Edition
  7. Mi 8 Explorer Edition
  8. Mi 9 Explorer Edition
  9. Mi 8 SE
  10. Mi Max 3
  11. Redmi K20
  12. Redmi Note 7 Pro (sotib olish)
  13. Redmi 7 (sotib olish)

Aytish kerakki, bu yerda va quyida MIUI 11 asosidagi xitoycha barqaror proshivkalar haqida gap ketayotir; ularning global versiyalari haqidagi xabarlarni saytimizda kuzatib boring.

O‘QING: Xiaomi Mi Note 10 va uning Pro talqini namoyish qilindi!

Endi esa ikkinchi to‘lqinda naq o‘n beshta rusumdagi smartfon Android 10 bazasidagi barqaror MIUI 11’ga asoslangan proshivkagacha yangilana boshladi. Ular quyidagilardir:

  1. Mi 9 Pro 5G
  2. Mi 6
  3. Mi MIX 2
  4. Redmi Note 7 (sotib olish)
  5. Mi CC9 Mito Customized Edition
  6. Mi 9
  7. Redmi K20 Pro (sotib olish)
  8. Mi CC9
  9. Redmi K20 Pro Premium Edition
  10. Redmi Note 6 Pro
  11. Mi Note 3
  12. Redmi Note S2
  13. Redmi Note 5A Standard Edition
  14. Redmi Note 5A High Edition
  15. Redmi 7A (sotib olish)

MIUI 11 proshivkasidagi o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar haqida mana bu maqolamizda ma’lumotlar berganmiz. Xiaomi kompaniyasining aksariyat smartfonlarini 610 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz’dan xarid qilish mumkin.

O‘QING: Xiaomi arzon va cho‘zinchoq Qin 2 Pro smartfonini taqdim etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!