Yana nima bo‘ldi: YouTube butun dunyoda ishlamay qoldi

  •   Saroy
  •  1610
  •  17.10.2018 10:22

Yana nima bo‘ldi: YouTube butun dunyoda ishlamay qoldi

YouTube jamoasi  «tvitterda» servisga kirish muammosi hal bo‘ldi deb yozgandi. Downdetector saytida foydalanuvchilar buni tasdiqladi ham, ammo baribir, tez-tez shikoyat tushib turibdi.

Butun dunyodagi foydalanuvchilar  YouTube’da video ko‘rish muammosidan shikoyat qilmoqda. Saytni ochishda bosh sahifa bo‘sh bo‘lishi mumkin yoki umuman xato bilan ochiladi, video ham ochilmaydi. Mobil ilovada ham shu muammo.

O‘QING:Xakerlar YouTube’dan tarixdagi eng ommabop videoni o‘chirib yuborishdi

YouTube'ning bosh sahifasi hozir shunday ko‘rinishda

Downdetector servisi ko‘rsatishicha, videoxosting bo‘yicha shikoyatlar keskin ravishda ko‘payib ketgan — so‘nggi soatlarda qariyb 10 ming foydalanuvchi muammo haqida ma’lum qildi. Shikoyatlar xaritasiga qarasangiz, ular Amerikadan ham bor, Yevropadan ham.

O‘QING:Youtube’ning O‘zbekistondagi faoliyati tiklandi

Downdetector orqali YouTube’ga shikoyatlar

YouTube jamoasi servis bilan bog‘liq muammo haqida bilishini rasman tasdiqladi va uni hal etish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Ammo kompaniya muammoni hal etishga qancha vaqt ketishini ayto olmayapti.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!