Yana to‘rtta Xiaomi va Redmi smartfoniga barqaror MIUI 12 proshivkasi kela boshladi

  •   DiMaX
  •  3637
  •  25.07.2020 10:15

Yana to‘rtta Xiaomi va Redmi smartfoniga barqaror MIUI 12 proshivkasi kela boshladi

Kechagina biz «Xitoycha Apple» ikkita smartfoniga MIUI 12 grafik qobig‘i asosidagi barqaror proshivka tarqatayotgani haqida yozgan edik. Ularning ikkalasi ham o‘tgan yili taqdim etilgan bo‘lib, biri Xiaomi, ikkinchisi esa Redmi brendiga mansub.

O‘QING: 16 xil Xiaomi smartfonlari muntazam MIUI 12 yangilanishlaridan mahrum etilyapti!

Kompaniya endi yana to‘rtta rusumdagi mobil qurilmalariga yangi grafik qobiqqa asoslangan proshivka yubora boshladi. Ulardan birinchisi o‘tgan yilgi flagman – Xiaomi Mi 9 bo‘lib, unga global MIUI 12 bazasidagi barqaror proshivka tarqatilmoqda.

12.0.1.0.QFARUXM raqamli ushbu apdeyt Android 10 operatsion tizim talqiniga asoslangan bo‘lib, iyuldagi Android xavfsizlik patchlarini ham o‘z ichiga olgan. Flagman egalarini, ayniqsa, yangi proshivkadagi «super oboylar» funksiyasi xursand qilishi aniq.

O‘QING: MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

Yana uchta smartfonning esa hozircha faqat xitoycha versiyalari barqaror MIUI 12 asosidagi proshivkaga yangilanmoqda. Ulardan birinchisi Xiaomi brendi ostida chiqarilgan Mi CC9 Pro kamerofoni bo‘lib, mazkur flagman dunyo bozoriga Mi Note 10 modeli sifatida taqdim etilgan. «Qurilmalarni qiynovchi» videobloger Zak Nelson yaqindagina o‘zining JerryRigEverything kanalida uni «Xiaomi’ning eng mustahkam smartfoni», deya maqtagan edi.

MIUI 12 bazasidagi barqaror proshivkani qabul qilayotgan yana ikkita smartfon esa arzonchi brendga mansub Redmi 10X hamda Redmi 10X Pro modellaridir. Bulardan ikkinchisi AnTuTu servisining iyundagi eng kuchli hamyonbop smartfonlar reytingi shohsupasiga ko‘tarilgan, birinchisi ham kuchli uchlikka kirgan.

Yuqoridagi barcha smartfonlarga proshivkalar «havo orqali», ammo bosqichma-bosqich yetib keladi, shu boisdan ularning egalari yangilanishlarni tekshirib turishlari lozim.

Eslatib o‘tamiz, «Xitoycha Apple» yaqinda MIUI 12 proshivkalari iyul-avgust oylarida keladigan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining ro‘yxatlarini chiqargandi. Mazkur telefonlarning global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

O‘QING: Redmi flagmani hatto iPhone 11 Pro Max, Galaxy S20+ va OnePlus 8 Pro’larni mahv etib, kuchli o‘ntalikka kirdi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!