Yana uchta Samsung smartfoni xususiyatlari haqida xabar tarqaldi

Yana uchta Samsung smartfoni xususiyatlari haqida xabar tarqaldi

Samsung bu yil o‘zining o‘rta toifa smartfonlari portfoliosini yangiladi. Bu kompaniyaga katta muvaffaqiyat keltirdi va keyingi yil ham bu toifa gadjetlari koreyslar mahsulotlarining katta qismini tashkil etishi aniq. Kuni kecha keyingi yilgi Galaxy A seriyasi qurilmalari kamerasi takomillashtirilishi haqida ma’lumotlar tarqalgandi, bugun esa M lineykasi gadjetlari: Galaxy M21, Galaxy M31 va Galaxy M41'larning sizib chiqqan xarkateristikalari e’tiborimiz markazida.

Galaxy M21, Galaxy M31 va Galaxy M41'ning taxminiy xususiyatlari

Galaxy M21 bilan boshlasak. Smartfonda Motorola One Action qurilmasiga ham o‘rnatilgan Exynos 9609 chipi va 4GB lik operativ xotira bo‘ladi. Orqa kamera jamlanmasi esa 24 megapikselli asosiy va 5 megapikselli sath kamerasidan tashkil topadi.

Galaxy M31 esa Snapdragon 665 protsessori va 6 GB tezkor xotirali smartfon bo‘lishi ochiqlandi. Orqa paneldan uchta kamera moduli joy olgan bo‘lib, asosiy, ultrakeng va sath kameralari mos ravishda 48, 12 va 5 megapiksel zum kattaligiga ega bo‘ladi.

Galaxy M41'da esa Exynos 9630 SoC, 6GB RAM o‘rnatilgan bo‘ladi. Ma’lumot uchun ushbu protsessor o‘rta toifa Exynos 9610 chipining keyingi avlodi bo‘lib, xabarlarga ko‘ra, istiqboldagi Galaxy A seriya smartfonlari ushbu chipda ishlaydi.

Galaxy M41 kamerasi 64 megapikselli ISOCELL Bright GW1 sensori, unga yonma-yon 12MP li ultrakeng va 5MP li tasvir sathni o‘lchovchi datchiklar jamlanmasi bo‘lishi kutilmoqda.

Bu mish-mishlar to‘g‘ri chiqadimi yoki yo‘qmi, buni bilish uchun faqat taqdimot sanasini kutishimizga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Samsung keyingi ikki yil ichida radikal, grafen akkumulyatorli smartfon chiqarmoqchi (yangilanishlar qo‘shildi)