Yanada arzon Redmi K30 5G sotuvga chiqdi – Realme «damini olsin»!

  •   DiMaX
  •  2740
  •  14.01.2020 09:23

Yanada arzon Redmi K30 5G sotuvga chiqdi – Realme «damini olsin»!

Xiaomi korporatsiyasining Redmi K30 modeli eng arzon 5G-smartfon sifatida ham mashhur bo‘lgan. Uning 4G-versiyasi avvalroq savdoga qo‘yilgan, 7 yanvardan esa flagmanning 5G-talqini sotila boshlagan va ikki soatdayoq talash bo‘lgan edi. Lekin uning raqibi...

O‘QING: Redmi K30 endi eng arzon 5G-smartfon emas! Lekin buyam vaqtinchalik...

Xullasi kalom, Xiaomi bugun – 14 yanvardan o‘z vatanida Redmi K30 5G smartfonining ikkinchi partiyasini savdoga qo‘ydi. Uning birinchi partiyasi faqat konfiguratsiyadagi – 8/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega variantidan iborat edi. Garchi bu nisbatan qimmat – 375 AQSh dollariga teng bo‘lsa-da, baribir bozorda eng arzon 5G-smartfon sifatida xit bo‘lgan.

Endi esa Redmi K30 5G yanada arzon narxlardagi ikki xil xotira konfiguratsiyasiga ega variantlarda ham sotila boshladi. Uning tezkor xotirasi 6, ichki xotirasi 64 gigabayt bo‘lgan varianti atigi 289 dollar, 6/128 gigabaytligi esa 332 dollardan sotilmoqda.

Shu tariqa, ushbu model yana beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi eng arzon smartfon bo‘lib oldi. Uning asosiy raqibi – Oppo korporatsiyaga qarashli arzonchi brendning Realme X50 flagmani esa 360 dollardan boshlanuvchi narxlarda baholangan. Afsuski, ular faqat mahalliy bozorga chiqarilgan; «Osmon osti saltanati»dan tashqariga rasman yetkazib berishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Xiaomi hali taqdim etmagan Mi 10 5G sotuvga chiqdi: narxi va jihatlari bilan tanishing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.