Yandeks akkauntimizga begona joylarda ham parolsiz kiramiz

  •   DiMaX
  •  421
  •  02.11.2019 11:13

Yandeks akkauntimizga begona joylarda ham parolsiz kiramiz

Vaziyat taqozosi bilan begona kompyuterda Yandeks akkauntingizga (pochta yo boshqa xizmatlaridan foydalanish uchun) kirishga to‘g‘ri kelib qolsa, login va parollarni kiritishga to‘g‘ri keladi. Bunda parolingiz yot brauzerda saqlanib qolishi xavfi yuzaga keladi, yana parolni ham hamisha eslab qolavermaymiz.

O‘QING: TOP-20: Eng yomon parollar reytingi bilan tanishing! (2019 yil aprel)

Shunday hollarda profilingizga parolsiz, QR-kod bilan kirish usuli qo‘l keladi. Buning uchun avval smartfoningizga Yandex mobil ilovasini o‘rnatib qo‘yishingiz kerak.

Keyin begona kompyuterdagi istalgan brauzerda Yandex sahifasidagi «Voyti v pochtu» tugmachasini, keyin esa QR-kod belgisini bosasiz:

Smartfoningizdagi Yandeks ilovasining QR-kod skanerini ishga tushirasiz:

Smartfoningiz kamerasida kompyuter ekranidagi QR-kodni o‘qitib tasdiqlatgach, «Voyti» bandini bosasiz:

Bo‘ldi – bu tariqa akkauntingizga kirish uchun yarim daqiqa ham vaqt ketmaydi!

Ushbu usul begona mobil brauzerlarda o‘z akkauntingizga kirishda ham ishlaydi.

O‘QING: Wi-Fi tarmog‘iga QR-kod orqali ulanish

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!