Yandeks.Brauzer eski kompyuterlarga ham moslashtirildi

  •   Saroy
  •  686
  •  28.06.2018 14:31

Yandeks.Brauzer eski kompyuterlarga ham moslashtirildi

Yandeks kompaniyasining dasturchilar jamoasi Yandeks’ning  yangi imkoniyatini ishga tushirganini ma’lum qildi. Bu,  Yandeks.Brauzer. Uning soddalashtirilgan rejimi kuchsiz kompyuterlar uchun yaratilgan bo‘lib, ularning ushbu tizimda internet bilan ishlashini tezlashtiradi.

Soddalashtirilgan rejim Yandeks tomonidan yaqinda taqdim etilgan  elektrtejamkorlik texnologiyasiga asoslanadi, biroq u boshqa chora-tadbirlarni  ham o‘z ichiga olgan. Oddiy holatlarda Brauzer o‘ndan ortiq varaqa (vkladka) ni yuklay olmaydi. Soddalashtirilgan rejimda faqat faol varaqa qayta tiklanadi, qolganlari klik orqali tiklanadi. Shuningdek, Brauzer ayrim grafik effektlardan voz kechib,  iste’mol xotirasi bo‘yicha  js-skriptlar ishini optimallashtirgan.

O‘QING: Yandeks.Taksi Moskvadan Qozongacha haydovchisiz o‘zi bordi

Dasturchilarning va’da qilishicha, soddalashtirilgan rejim yordamida CPU va GPU’ga bo‘lgan yukni sezilarli ravishda kamaytirishga, Yandeks.Brauzerni ishga tushirishni va veb-sahifalarni ochishni tezlashtirishga erishilgan.

Soddalashtirilgan rejim  agar kompyuterning tezkor  xotirasi 2 gigabaytdan yoki protsessori bir yadrodan ortiq bo‘lmasa Yandeks.Brauzerga avtomatik ravishda qo‘shiladi.

O‘QING: Android uchun eng tezkor brauzer tanlaymiz