«Yandeks» ham 13 yilda ilk bor o‘z logotipini o‘zgartirdi

  •   DiMaX
  •  824
  •  01.04.2021 11:45

«Yandeks» ham 13 yilda ilk bor o‘z logotipini o‘zgartirdi

Bugun biz Xiaomi kompaniyasi o‘zining logotipini o‘zgartirgani haqida xabar bergan edik. Hozirgi kunda eng yirik IT-kompaniyalardan biri bo‘lgan Rossiyaning Yandex qidiruv tizimi 13 yil ichida birinchi marotaba o‘z logotipini o‘zgartirdi, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: Rossiyada eng ommabop 10 smartfon va uchta brend («Yandeks.Market» talqini, 2020 yil)

«Yandeks» nafaqat logotipini, balki asosiy sahifadagi yozuv shriftini ham o‘zgartirdi va yangi belgi paydo bo‘ldi – qizil doira ichida «Ya» harfi.

Yangi belgini nafaqat interfeyslarda, balki kompaniyaning barcha mahsulotlarida, masalan, «Yandeks.Taksi» mashinalarida ham ko‘rish mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda Yandex xizmatlariga yagona obuna – Yandex.Plus yo‘lga qo‘yildi