«Yandeks» shaharlarning karantindan qanday chiqayotganini ko‘rsatmoqda

  •   DiMaX
  •  706
  •  23.05.2020 06:53

«Yandeks» shaharlarning karantindan qanday chiqayotganini ko‘rsatmoqda

Yandex kompaniyasi dunyo shaharlari karantindan qanday chiqayotganini tahlil qilmoqda. Mutaxassislar «Yandeks.Xaritalar» loyihasi yordamida dunyodagi 42 ta shahar aholisining faollashuv darajasini grafiklarda aks ettirishmoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda Yandex xizmatlariga yagona obuna – Yandex.Plus yo‘lga qo‘yildi

Yandeks ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, Toshkentda hayot karantindan oldingi kunlarga nisbatan 58 foizga tiklangan.

Toshkent shahri uchun grafik 17 fevraldan 21 mayga qadar tuzilgan. Eng past faollik ko‘rsatkichi 26 aprelda qayd etilgan – 5%.

Umuman olganda, poytaxtimizda aprel oyida aholining o‘rtacha faollik darajasi 15 foiz atrofida bo‘ldi. 10 maydan keyin bu ko‘rsatkich 40 foizdan oshib ketgan va 21 may holatiga ko‘ra 58 foizni tashkil qilmoqda.

O‘QING: Telegram va WhatsApp raqibi – «Yandeks.Messenjer» taqdim etildi!

O‘rganilgan 42 ta shahar ichida Nur-Sulton (77%), Tel-Aviv (74%) hamda Boku (72%) shaharlarida hayot qariyb karantingacha bo‘lgan darajada tiklangan.

Mumbay (22%), Mexiko (22%), Rio-de-Janeyro (24%) hamda Myunxen (26%) kabi shaharlarda odamlar hali ko‘chalarga chiqishga oshiqmayapti.

Dunyo shaharlarining karantindan chiqish darajasini mana bu sahifada kuzatib borishingiz mumkin, unda ma’lumotlar kunlik yangilanib turadi.

O‘QING: Yandeks haqida qiziqarli faktlar