«Yandeks.Taksi» rulda uxlab qolishga qarshi qurilma ishlab chiqdi

  •   DiMaX
  •  563
  •  25.04.2019 15:15

«Yandeks.Taksi» rulda uxlab qolishga qarshi qurilma ishlab chiqdi

Haydovchilar va yo‘lovchilar uchun eng xavfli vaziyatlardan biri – ruldagi kishini mudroq bosishidir. Kashfiyotchilar shunday holatlarning oldini olish uchun qurilmalar ham ishlab chiqishayotir.

O‘QING: STEER – rulda uxlab qolishning oldini oluvchi bilaguzuk! (+video)

«Yandeks.Taksi» jamoasi ham rulda uxlab qolishga qarshi o‘z qurilmasini ishlab chiqdi va kecha uni Skolkovo shahridagi konferensiyada namoyish etdi. Ushbu gadjet haydovchining yuzidagi 68 ta nuqtani hamda uning nigohi qayoqqa qarayotganini muntazam kuzatib turadi. Maxsus algoritm esa haydovchining diqqatlilik darajasini tahlil etib boradi. Agarda haydovchi uyqusirayotgan bo‘lsa yoki mudray boshlasa, tizim darrov ovozli signal chiqaradi.

Ayni damda ushbu mudrashga qarshi qurilma prototiplari Moskvadagi bir qator «Yandeks.Taksi» avtomobillarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Kompaniya uni 2019 yilning oxirigacha servisning mamlakatdagi barcha mashinalariga o‘rnatishni rejalashtirgan. Shunda charchagan, uyqusiragan «Yandeks.Taksi» haydovchilari servisning ilovasi orqali buyurtma olishlari cheklanadi.

Bu haqda «Yandeks.Taksi» operatsiyalar direktori Daniil Shuleyko shunday deydi: «Loyihaning asosiy vazifasi – taksilarning xavfsizligini sezilarli darajada oshirish va haydovchilarning e’tiborsizligi tufayli yuzaga keladigan avariyalarni kamaytirishdir».

O‘QING: Yandeks.Taksi Moskvadan Qozongacha haydovchisiz o‘zi bordi