Yandeks Windows 10ning standart qidiruv tizimi

Yandeks Windows 10ning standart qidiruv tizimi

Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston, Ukraina, Turkiya va boshqa bir nechta davlatlarning Windows 10 operatsion tizimida Yandeks standart qidiruv tizimiga aylanadi. Microsoft xabar berishiga ko‘ra, kompaniyalar strategik hamkorlikni muvofiqlashtirishga kelishib olishdi. Kelishuvda Yandeks Windows 10ni maxsus sahifadan yuklab olib o‘rnatishni taklif etishi ham aks etgan. Shu bilan birga Yandeks axborotni qidirish, xaritada mo‘ljal olish va navigatsiya, musiqa tinglash, taksi buyurtma qilish, tovar izlash xizmatlarini foydalanuvchiga taklif etadi.

Odatda, Windows 10ga oldindan Bing qidiruv xizmati sozlangan bo‘ladi. “Bugunga kelib ushbu mamlakatlarda Yandeks qidiruvi bizning Windows Phone mobil platformamizga birlashdi. Endi esa butun mintaqa bo‘ylab Windows 10 ekotizimida Yandeksni joriy qilishni rejalashtiryapmiz”, deb aytdi korporatsiyaning vitse-prezidenti Terri Mayerson.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!