Yandeks.Market o‘n yildagi eng ommabop smartfonlarni e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  1534
  •  26.10.2020 17:04

Yandeks.Market o‘n yildagi eng ommabop smartfonlarni e’lon qildi

O‘zining 20 yilligi sharafiga Yandeks.Market servisi tadqiqot o‘tkazdi. Uning natijalaridan kelib chiqib, 2010–2020 yillarda Rossiyada eng ommalashgan smartfonlar ro‘yxatini taqdim etdi.

O‘QING: 2019 yili Rossiyada eng ommalashgan o‘nta smartfon

Unga ko‘r, 2010 yili rossiyaliklar Nokia 5530 XpressMusic smartfoniga eng ko‘p qiziqishgan, bo‘lsa, keyingi yiliyoq fin brendining nufuzi pasaya boshlagan. 2011 yili Samsung kompaniyasi Galaxy S II flagmani bilan yetakchilikni qo‘lga olgan bo‘lsa, 2012 yilda Galaxy S III modeli orqali rossiyaliklarning ko‘nglidan joy ola bilgan.

Liderlikni undan Apple tortib olgan: 2013 va 2014 yillarda iPhone 5s modeli ketma-ket ikki marta rossiyaliklarning eng sevimli smartfoni bo‘lib turgan. Keyingi yil u yetakchilikni o‘z izdoshi – iPhone 6s qurilmasiga topshirgan.

2016 yildan Xitoy brendlarining davri kelgan, aniqrog‘i – «Xitoycha Apple»ning! Rossiyada ketma-ket ikki yil davomida Xiaomi Redmi 4 Prime eng ommabop smartfon bo‘lib turgan. 2018 yili yana shu kompaniyaning Redmi Note 5 modeli yetakchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib u estafetani Redmi Note 7 smartfoniga topshirgan.

 Yandeks.Market ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Rossiyada Redmi Note 8T eng ommabop smartfon bo‘lib turibdi va yilning yakunigacha uning o‘rniga boshqa birortasi chiqib olmasa kerak.

Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, 2016 yildan rossiyaliklar qimmatbaho Apple va Samsung flagmanlaridan ko‘ra, Xiaomi’ning o‘z narxiga munosib smartfonlarini ma’qul ko‘ra boshlashgan.

O‘QING: Eng ommabop 10 smartfon (43-hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!