«Yandeks.Taksi» orqali vertolyot buyurtma qilish mumkin bo‘ladi

«Yandeks.Taksi» orqali vertolyot buyurtma qilish mumkin bo‘ladi

Ayni damda ushbu imkoniyatni yo‘lga qo‘yish maqsadida «Вертолёты России» kompaniyasi, shuningdek, Moskva hokimiyat organlari va havo yo‘llarida harakatlanish uchun texnik xizmat ko‘rsatuvchi «NITA» korxonasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Ishonchli manbaaning aytishicha, birinchi bosqichda «MKAD» maydonidan, keyinroq esa «Hiyobon halqa yo‘li» orqali ham Moskva viloyatining turli chekkalarigacha parvoz qilish yo‘lga qo‘yiladi. Dastur orqali vertolyot buyurtma qilgan yo‘lovchiga, uchish maydonchasiga qadar taksi hamrohlik qiladi.

O‘QING: «Yandeks» bilan suhbat: «O‘zbekistonda ulkan imkoniyatlar bor»

 «Yandeks.Taksi» rasmiylari muzokaralar o‘tkazilayotgani to‘g‘risidagi faktlarni inkor qilishmadi. Avgust oyida bo‘lib o‘tadigan «Xalqaro aviakosmik saloni»da «shahar aeromobilligi konsepsiyasini rivojlantirish yo‘lida» hamkorlik to‘g‘risidagi to‘rt taraflama kelishuv imzolanishi kutilmoqda.

 «Вертолёты России» kompaniyasi tarkibiga kiruvchi «ВР-Технологии» hodimi Ilya Mixalchenko ham ushbu ma’lumotni inkor etmadi va gap VRT500 vertolyotlari haqida ketayotganligini qo‘shib qo‘ydi.

Ekspertlarning aytishicha, ushbu xizmatga talab katta bo‘lmaydi, sababi nafaqat qimmat narx omili, balki uchish maydonchalari kamligi ham bo‘lishi mumkin.

Aytgancha, Moskva shahrida allaqachon bir nechta kompaniya aerotaksi xizmatini taklif qilmoqda. Misol uchun, Heliport Moscow tomonidan Robinson R66 vertolyotidagi bir soatlik parvoz uchun 46 ming rubl narh belgilangan.

O‘QING: Yandex maxsus O‘zbekiston uchun qidiruvni yo‘lga qo‘ydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!