Yandex Go Toshkentda naqdsiz to‘lovni yo‘lga qo‘ydi

Yandex Go Toshkentda naqdsiz to‘lovni yo‘lga qo‘ydi

Yandex Go xizmati Toshkent hududida to‘lov uchun bank kartalarini qabul qilishni boshladi.

O‘zbekistonning milliy UzCard va HUMO to‘lov tizimlari kartalari yordamida ham, xalqaro Visa va Mastercard kartalari yordamida ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

O‘QING: Yandex rosa kuchaydi: u Tinkoff bankni sotib olishni rejalashtiryapti

Yandex Go ilovasini so‘nggi versiyasigacha yangilash va bir marta karta raqamini bog‘lab qo‘yish kifoya. Buning uchun shunchaki bosh menyudan «To‘lov usullari» bo‘limini ochish va karta raqamini qo‘lda kiritish lozim. Naqdsiz to‘lov usuli tanlanganda safar uchun to‘lov avtomatik tarzda yechib olinadi.
 
Karta bilan to‘lashda hamyoningizda yetarli darajada pul bor-yo‘qligi va haydovchida qaytim topilishi yoki topilmasligi haqida qayg‘urishning hojati yo‘q. Choychaqani ham kartaning o‘zidan o‘tkazish mumkin — uning foizini avvaldan yoki safar yakunida tanlashingiz mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda Yandex xizmatlariga yagona obuna – Yandex. Plus yo‘lga qo‘yildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!