Yandex maxsus O‘zbekiston uchun qidiruvni yo‘lga qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  1147
  •  30.03.2019 08:56

Yandex maxsus O‘zbekiston uchun qidiruvni yo‘lga qo‘ydi

Kecha – 2019 yilning 29 mart sanasida Yandex aynan O‘zbekiston uchun ishlab chiqilgan qidiruv tizimini yo‘lga qo‘ydi. Endi mamlakat aholisi ma’lumot, video va rasmlarni ham butun internet, ham faqatgina Tas-IX tarmog‘i bo‘yicha izlashi mumkin, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: Toshkentda Yandex.Mahalla xizmati ishga tushirildi

Qidiruv javoblarida, Yandex bir talay omillarni inobatga oladi: so‘rov bo‘yicha hujjatning tarkiban to‘g‘ri kelishi, manbaning sifati, sahifalarning yuklanish tezligi, foydalanuvchilarning shaxsiy afzalliklarini va hokazo. O‘zbekistonda Tas-IX hududiga ulangan saytlar juda mashhur: ular tez yuklanadi va trafikni tejashga imkon beradi. Shuning uchun Yandex O‘zbekiston aholisi uchun faqatgina Tas-IX saytlari bo‘yicha qidiruvni yaratdi. Butun internet bo‘yicha qidiruv natijalarida esa, ushbu saytlarni maxsus belgilar bilan belgilashni boshladi. Umumiy hisobda Yandex ikki yarim mingdan ortiq Tas-IX saytlarini biladi, ularni belgilanib turishiga maxsus ishlab chiqarilgan algoritm javob beradi.

Mahalliy qidiruvni yaratish uchun ma’lumotlar va auditoriya talabini bilish kerak bo‘ladi. O‘zbekistonda tashkilotlar qidiruvi ayniqsa mashhur. Shuning uchun Yandex qidiruvga o‘n ming mahalliy kompaniyalar haqida ma’lumot joyladi. Masalan, «yaqin oradagi qahvaxona»ni qidirib, ularga berilgan baho, fikrlar bilan xaritadagi joylashuvi va ish vaqtini ko‘rish mumkin. Yoki Yandex’dan «qayerga borishni» so‘rash mumkin va ushbu mavzu bo‘yicha O‘zbekiston foydalanuvchilari orasidagi mashhur materiallarni ko‘rish mumkin.

O‘QING: «Yandeks» O‘zbekistonda yog‘ingarchiliklar xaritasini ishga tushirdi

Odamlar qidiruvni tezda kirita olishlari uchun, ularga qidiruv yordamlari taklif etiladi. Yandex O‘zbekiston aholisiga mos keladigan, katta yordamlar bazasini tuzdi. Shunday qilib, «ob-havo» so‘rovi bo‘yicha, javobini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordamlarda ko‘rish mumkin.

Qidiruvdan tashqari, Yandex o‘zbekistonliklarga butun xizmatlar to‘plamini taklif etadi. Yandex.uz portalida Yandex.Xabarlar, Yandex.Pochta, Yandex.ob-havo, Yandex.Musiqa, fayllar saqlash uchun Yandex.Disk xizmati, o‘nlab tillardan mashina tarjimasi, Toshkent va mamlakat katta shaharlarining batafsil xaritalari mavjud. Mamlakat bo‘yicha harakatlanishda avtosevuvchilar Yandex.Navigator mobil ilovasidan foydalanishlari mumkin.

O‘QING: «Yandeks.Metro» ilovasi Toshkent shahrida ishga tushirildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!