Yangi aksiya: 14 martgacha «Xushomad qiling!» va iPhone 11 yutib oling!

  •   DiMaX
  •  720
  •  10.03.2021 09:56

Yangi aksiya: 14 martgacha «Xushomad qiling!» va iPhone 11 yutib oling!

Avvalroq Mobiuz uyali aloqa operatori kuni kecha birdaniga ikkita aksiya joriy etib, 23 maygacha internet xizmati va internet-to‘plamlar narxlarini tushirgan edi. Yaqinda esa u uchta tarif rejasi abonentlari uchun «Plyusda bo‘ling!» aksiyasini e’lon qilgan.

O‘QING: O‘zbekistonda simli internet tezligi 3 baravarga o‘sdi (Speedtest reytingi)

Ushbu kompaniya endi Instagram foydalanuvchilari uchun «Xushomad qiling!» tanlovini boshladi. Tanlov mazkur tarmoqdagi mobiuz.uzbekistan (https://instagram.com/mobiuz.uzbekistan) rasmiy akkauntida, 2021 yil 14 martga qadar bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun:

  • uzbekistan akkauntiga obuna bo‘ling;
  • tanlov postiga Like (yurakcha) qo‘ying;
  • post izohlarida izohlarida xotin-qizlarning bitta akkauntini teg bilan belgilang va unga yoqimli so‘zlar (xushomad) yozing.

G‘olib 2021 yilning 16 mart kuni, tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi. Yutuqqa bitta iPhone 11 smartfoni qo‘yilgan.

«Xushomad qiling!» tanlovining barcha shartlari bilan batafsil tanishish uchun Mobiuz saytidagi tegishli sahifaga ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: 2020 yili dunyoda eng ko‘p sotilgan o‘nta smartfon (Omdia reytingi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.