Yangi avlod iPhone'larining Pro modellari 100 dollarga qimmat bo'ladi

Yangi avlod iPhone'larining Pro modellari 100 dollarga qimmat bo'ladi

iPhone muxlislari uzoq kutgan kun yaqinlashib kelmoqda. Bir necha kundan so'ng, Apple kompaniyasi o'zining iPhone 14 smartfonlari qatorini taqdim qiladi. Aytish kerakki, bo'lajak ayfonlarning tashqi ko'rinishi ko'pchilik uchun yangilik bo'lmasa kerak. Deyarli bir yildan beri mish-mish qilib kelinayotgan yangi avlon iPhone'larining Pro modellari old tomonida tabletka va yumaloq shakldagi tirqishlarga ega bo'ladi. Oddiy modellar esa iPhone X dan beri saqlanib kelayotgan katta qora tirqish bilan chiqariladi. Albatta, yangi modellarning texnik xususiyatlari ham kuchaytiriladi. Biroq, tashqi va ichki tomonidan ham ko'ra hammani eng, eng, eng qiziqtiradigan narsa bu ularning narxlari desak adashmagan bo'lamiz.

iPhone 14 modellarining aniq narxi haqidagi ma'lumotlar smartfonlar taqdim qilingan kunda ma'lum bo'ladi. Ammo, ko'p marotaba mish-mish qilingan ma'lumotlar axiyri to'g'ri bo'lib chiqqaniga ham guvoh bo'lganmiz. Shunday qilib, quyida iPhone 14 smartfonlarining barcha xotira konfiguratsiyalaridagi uzunquloq xabarlariga ko'ra tasdiqlangan narxlari bilan tanishamiz.

iPhone 14 seriyasidagi smartfonlarning tahminiy narxlari. Foto: mydrivers.com

Ko'rib turganingizdek, bu yilgi ayfon smartfonlari Mini modelsiz to'rtta: iPhone 14, iPhone 14 Pro, iPhone 14 Max va iPhone 14 Pro Max modellarda chiqariladi. Ularning barchasi uchun eng kam xotira hajmi 128 GB bo'lsa, maksimali 1 TB bo'ladi. Afsuski, yangi ayfonlar orasida Apple test qilayotgani xabar qilingan 2 terabaytli model bo'lmaydigan ko'rinadi. 

Narxlarga to'xtaladigan bo'lsak, oddiy modellar uchun o'tgan yilgidek boshlang'ich narx - $799 saqlanib qolgan. Lekin, xursand bo'lishga hali erta, chunki Pro modeldagi iPhone 14 smartfonlari uchun qo'llaniladigan Apple'ning "innovatsion" tirqish dizayni sizga $100 ga qimmatga tushishi mumkin. Aytmoqchimizki, iPhone 14 Pro modellari o'tgan yilgi iPhone 13 Pro modellariga qaraganda $100 qimmat - $1099 narxdan boshlab chiqarilishi mumkin. Albatta, bu faqat tirqish dizayni uchun emas. Ta'kidlash joizki, Pro modellar A16 chipseti bilan avvalgisidan ko'ra ancha yaxshiroq kamera xususiyatlari bilan keladi.

Ammo, lekin, biroq, TrendForce kompaniyasining aytishicha, hozirgi iqtisodiyot holati va smartfonlar bozorining qulashi fonida Apple o'zining yangi telefonlari narxini unchalik oshirmasligi mumkin. Bozor tadqiqotchisi iPhone 14 qatori uchun quyidagi narxlarni bashorat qilmoqda:

  • iPhone 14: $749
  • iPhone 14 Max: $849
  • iPhone 14 Pro: $1,049
  • iPhone 14 Pro Max: $1,149

Yuqorida aytilganidek, bular shunchaki tahminiy narxlar bo'lib, ular tahminan 16-sentabrdan sotuvga chiqariladi. Shuni alohida aytish kerakki, iPhone 14 qatori oldingisidan qimmat chiqsa ham, arzon chiqsa ham, ularni O'zbekistonda sotib olish uchun yana 100 dollar qo'shib qo'yishni unutmang.

O'QING: Android 14 bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy yo‘ldoshga ulanish mumkin bo‘ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!