Yangi avlod Nothing smartfoni – phone (2) ning ilk tizeri chiqdi

Yangi avlod Nothing smartfoni – phone (2) ning ilk tizeri chiqdi

Smartfonlar maydoni juda raqobatbardosh, lekin shunga qaramay Nothing kompaniyasi o'zining estetik va qiziqarli reklama kampaniyalari va ajoyib mahsulotlari bilan bir necha yil ichida mashhur bo'lishga va bozorda o'z o'rnini topishga muvaffaq bo'ldi. Sobiq OnePlus asoschilaridan biri, Karl Pery boshchiligida yangi kompaniya endilikda o'zining ikkinchi avlod smartfonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Phone (2) smartfonining ilk tizeri chiqdi.

Kecha Nothing o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga bo'lajak phone (2) smartfonining qisqa tizer videosini joyladi. Unda siz bo'lajak smartfonning miltillayayotgan LED qizil chirog'ini ko'rishingiz mumkin. Ta'kidlash joizki, bu yangilik emas yoxud biz o'tgan yilgi phone (1) da ham xuddi shunday o'chib yonadigan qizil chiroqni ko'rgan edik. U smartfon video tasvirga olayotgan vaqtda ishlaydi. Kichik yangilik: qizil LED chiroq endi uzunchoq shaklda.

Tizer videoda butun qurilmaning faqat bir qisminigina ko'rsatilgan va bu uning orqa tomonidagi o'ng yuqori burchak qismi ekanligini tahmin qilsa bo'ladi. Qizil chiroq bilan birga siz naqshli maydon va qiya tushirilgan liniyani ham ko'rishingiz mumkin. Nothing o'zining veb-saytiga joylagan suratda esa xuddi iPhone smartfonlari yonida bo'ladigan svitchni ko'rishingiz mumkin. Biroq u funksional bo'lmasligi mumkin, chunki o'tgan yilgi phone (1) smartfonida ham shunga o'xshash ishlamaydigan svitch mavjud edi.

Avvalroq phone (1) davomchisi "premium", ya'ni flagman darajadagi smartfon bo'lishi aytilgan edi va ulashilgan tizer postda Nothing buni qayta tasdiqlaydi. Shu kunga qadar smartfon haqida bizga uning Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan jihozlanishi ma'lum bo'lgan xolos. Phone (2) reklama kampaniyasi rasman boshlangan ekan, kelasi haftalarda biz smartfon xususiyatlari haqida batafsilroq bilib olishimiz mumkin bo'ladi. 

Nothing phone (2) smartfoni rasman kelayotgan yozda taqdim qilinishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!