Yangi ayfonlarga talab katta – qo‘shimcha kuch kerak bo‘lyapti

  •   DiMaX
  •  899
  •  18.11.2020 16:49

Yangi ayfonlarga talab katta – qo‘shimcha kuch kerak bo‘lyapti

Inqirozga qaramasdan, yangi flagman – iPhone 12 turkumining savdosi yaxshi ketyapti. Hatto ayrim mamlakatlarda ayfonlar taqchilligi yuzaga kelgan, Appleni ehtiyot qismlari bilan ta’minlovchi kompaniyalarga ish ko‘paygandan-ko‘paygan, deb yozmoqda Xabar.uz.

O‘QING: iPhone 12’larning nurlanish darajasi e’lon qilindi – kutilmagan bittasi eng xavflisi ekan!

Soha manbalariga ko‘ra, iPhone ta’minotchilari ayrim bozorlardagi cheklangan zaxiralar muammosini hal etish ustida bosh qotirishmoqda. Negaki, ayrim mintaqalarga oldindan buyurtma qilingan smartfonlar 2-3, ba’zida 3-4 hafta kech yetib boryapti. Buning sababi – mahalliy operatorlar tomonidan buyurtmalarning kattaligi.

Ayfonni yig‘ishda ishtirokchi-sherik kompaniyalar – Foxconn va Pegatron, shuningdek, Genius Electronic Optical (GEO) kamerasi modullarini yetkazib beruvchisi qo‘shimcha ish soatlari joriy etib, ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida yangi ishchilar yollamoqda, deyiladi xabarda.

O‘QING: Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!