Yangi bepul xizmat: internetdan hozir foydalaning, haqini ertaga to‘laysiz!

  •   DiMaX
  •  2572
  •  16.07.2020 08:39

Yangi bepul xizmat: internetdan hozir foydalaning, haqini ertaga to‘laysiz!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi o‘z abonentlariga turli qulayliklarni yaratishda davom etmoqda. UZTELECOM yangi xizmatning joriy etilishi haqida o‘z rasmiy sayti orqali xabar berdi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» barcha operatorlar abonentlarini ogohlantirmoqda

Siz har doim aloqada bo‘lishingiz, ayniqsa, karantin davrida masofaviy ta’lim olishingiz yoki ishlashingiz uchun kompaniya yangi – «Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmatini joriy etmoqda. Xizmat UZTELECOM’ning internetga keng polosali ulanish xizmati abonentlari uchun taqdim etiladi.

Endilikda, abonent to‘lovni amalga oshirish niyatida ekanligini onlayn tarzda ma’lum qilsa, ammo uning hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmasa ham billing tizimi xizmatni o‘chirib qo‘ymaydi. Eng asosiysi – mazkur xizmat butunlay BEPUL taqdim etiladi! Bunaqasi hali bo‘lmagan!

O‘QING: Uzmobile ikkita tarif rejasida internet-trafik limitini oshiryapti, lekin...

«Va’da qilingan to‘lov» – bu mijozning so‘roviga binoan ma’lum bir muddatga qaytarib to‘lash sharti bilan uning hisobiga o‘tkaziladigan va muddat tugagandan so‘ng mijoz hisobidan yechib olinadigan to‘lov. «Va’da qilingan to‘lov» shartli to‘lov turlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur xizmat abonentga (jismoniy shaxsga) shaxsiy hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmagan hollarda internetga keng polosali ulanish xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Abonent «Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmatini shaxsiy kabinetidan yoki UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida faollashtirishi mumkin.

«Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmatidan so‘nggi 6 oy davomida 1 ta hisob davridan ortiq vaqt davomida «moliyaviy blok» holatida bo‘lmagan har qanday abonent foydalanishi mumkin.

Zarurat tug‘ilganda yangi «Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmatidan foydalaning va UZTELECOM’ning yuqori tezlikdagi va ishonchli interneti bilan doimo onlayn aloqada qoling.

«Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmati haqida mazkur havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Butun Yer yuziga internet tarqatuvchi Starlink saytidagi arizangizda endi manzilingizni ham ko‘rsata olasiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!