Yangi biznes? Endi siz ham o'z Telegram yuzerneymingizni sotishingiz mumkin!

Yangi biznes? Endi siz ham o'z Telegram yuzerneymingizni sotishingiz mumkin!

Telegram foydalanuvchi nomlari auksion orqali sotiladigan Fragment platformasida endi siz ham o'z yuzerneymingizni sotishingiz mumkin. Buning uchun siz saytda Telegram akkauntingiz bilan ro'yxatdan o'tishingiz va unga TON hamyoningizni ulashingiz kerak. Agar sizda TON hamyoni bo'lmasa, unda sizga uni yangi ochish haqida kerakli ko'rsatmalar beriladi.

Yuqoridagi amallarni bajarganingizdan keyin sayt yuqori o'ng burchagidagi profilingiz ustiga bosib, u yerdan My Usernames'ga o'ting. U yerda siz o'z profilingiz yoki guruh, kanal bilan band qilgan yuzerneymlaringizni topishingiz va ular yonida Place on Auction tugmasini ko'rishingiz mumkin. Ushbu tugmani bosishingiz bilan sizning Telegram akkauntingizga Fragment boti orqali yuzerneymning auksionga qo'yilishini tasdiqlash xabari boradi. Xabarni siz Telegram akkauntizga o'rnatgan ikki bosqichli parolingiz bilan tasdiqlashingiz kerak. Navbatda siz o'z yuzerneymingiz auksionga chiqarish uchun unga 10 TON (hozirda taqriban 15 dollar atrofida) boshlang'ich taklifni qo'yishingiz kerak. Shundan so'ng, sizning foydalanuvchi nomingiz ham Fragment platformasida paydo bo'ladi.

Auksion bir hafta davom etadi. Agar ushbu muddat ichida biron kim siz boshlang'ich qo'ygan 10 TON dan yuqori taklif bersa va shu taklifga yuzerneymni sotsangiz siz sotilgan narxning 95 foizini qabul qilasiz. Agar hech kim boshlang'ich taklifdan yuqori narx taklif qilmasa, auksion tugagach boshlang'ich to'lovdan 5% va yana 5 TON komissiya olinadi, qolgani esa qaytarib beriladi. 

Aytish kerakki, ushbu jarayon davomida sizning yuzerneym kolleksiya qilinadigan yuzerneymga aylanadi. Sizning unga egalik qilish huquqingiz TON blokcheynida himoyalanadi. Kolleksiya qilinadigan yuzerneymlar ham oddiy yuzerneymlardagidek ishlaydi. Ularga siz Telegram @username yoki Telegram'dan tashqarida username.t.me yoki t.me/username havolalari orqali o'tishingiz mumkin.

O'QING: Fragment auksionida ilk Telegram yuzerneymi salkam 1.5 million dollarga sotildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!