Yangi Dimensity chipiga ega bo‘lgan smartfon AnTuTu'da bir milliondan oshiq ballni qo‘lga kiritdi

Yangi Dimensity chipiga ega bo‘lgan smartfon AnTuTu'da bir milliondan oshiq ballni qo‘lga kiritdi

MediaTek dunyodagi birinchi to‘rt nanometrlik jarayoni asosida yaratilgan chipset haqida reklama tayyorladi. Biroq reklama roligida chip to‘rt nanometrlik jarayon asosida yaratilganligi aytilgan xolos. 

Mish-mishlarga ko‘ra, bir nechta smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ushbu chipni sotib olishga kirishganlar. Ular orasida vivo kompaniyasi ham bor. Ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan smartfon AnTuTu'da 1,002,220 ballni qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin. 

vivo V2184 modeldagi smartfon MT6983 nomli chip bilan jihozlangan. Mish-mishlarda ushbu chip Dimensity 2000, smartfon esa vivo X seriyasiga tegishli ekanligi aytilmoqda. Ice Universe hamda Digital Chat Station smartfon 1,002,220 balni qo‘lga kiritgani haqida xabar bermoqda. AnTuTu esa rasman ushbu ball rost ekanligini tasdiqlagani yo‘q. 

Ma’lumot uchun, hozirda eng kuchli Android smartfonlaridan biri bo‘lgan Xiaomi Black Shark 4S Pro qurilmasi AnTuTu'da 875 902 ball to‘plagan edi. Faqatgina Apple'ning M1 chipiga ega bo‘lgan iPad Pro plansheti AnTuTu'da bir milliondan ortiq ballni qo‘lga kirita olgan. 

Video rolikda faqatgina chipning yuqori unumdorlikka egaligi hamda u smartfon energiya samaradorligini ta’minlashi aytilgan xolos. 

DCS ma’lumotlariga ko‘ra, Dimensity 2000 chipi 3.0 gigagertsli Cortex-X2 yadrosi, uchta Cortex-A710 yadrosi va to‘rtta A510 yadrosiga ega bo‘ladi. Exynos 2200 hamda Snapdragon 898 chiplari ham 3.0 gigagertsli X2 yadrosiga ega bo‘ladi. Bu uchala chipning CPU unumdorligini teng bo‘lishini ifodalaydi.

Biroq ularning grafik protsessorlari turlicha bo‘ladi, ya’ni Dimensity chipi Mali-G710 MC10, Snapdragon chipi yangi Adreno 730, Exynos esa AMD RDNA 2 grafik protsessori bilan ishlaydi. 

O‘QING: Samsung yangi avlod operativ xotirasini taqdim etdi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.