Yangi flagmanlar taqdimoti oldidan ayrim Xiaomi smartfonlari ancha arzonlashdi

  •   DiMaX
  •  1855
  •  06.09.2019 10:32

Yangi flagmanlar taqdimoti oldidan ayrim Xiaomi smartfonlari ancha arzonlashdi

«Xitoycha Apple» shu oyga belgilangan tadbirida MIUI 11 grafik qobig‘ini hamda ikkita ilg‘or telefonini namoyish qiladi. Bulardan biri – kamerasi naq 108 megapiksellik datchikni o‘z ichiga olgan Xiaomi Mi Mix 4 kamerofoni bo‘lsa, ikkinchisi Xiaomi Mi 9S rusumli, dunyodagi eng arzon 5G-smartfondir.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi eng antiqa smartfonni sota boshladi – atigi 69 dollardan! (+«jonli» video)

 Yangi modellarni chiqarishi arafasida Xiaomi o‘zining ikkita rusumdagi smartfonlarining narxlarini rasman tushirdi. Bulardan birinchisi «arzon flagman» – Xiaomi Mi 9 SE modeli (xarid qilish) bo‘lib, dastlab uning 6/64 GBlik tezkor/ichki xotiraga ega varianti 297 dollarga, 6/128 GBligi esa 341 dollarga narxlangan edi. Endi esa bu ikkalasining narxlari tegishlicha 223 va 251 dollarga pasaytirilgan:

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 5 sentyabrdan boshlab Xiaomi Mi 9 flagmani (sotib olish) ham o‘z vatanida 42 dollarga arzonlashtirilgan. Bu yerda gap ushbu smartfonning 8 gigabaytlik tezkor, 128 va 256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega variantlari haqida ketyapti – endi ular tegishlicha 392 hamda 420 dollardan sotiladi.

Hozircha ushbu arzonlashishlar Xitoy bozorigagina tegishli, doimo ammo yangi modellar chiqishi bilan boshqa mamlakatlarda ham narxlar pasayishi kuzatiladi. Bugungi kungacha global savdoga chiqqan aksariyat Xiaomi telefonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoniyati mavjud.

O‘QING: Telegram dasturchilari Xiaomi va Huawei smartfonlari egalariga zo‘r maslahat berishdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!