Yangi hamyonbop – 7000 mAh batareyali Samsung smartfonini har tomonidan tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  6184
  •  21.11.2020 14:43

Yangi hamyonbop – 7000 mAh batareyali Samsung smartfonini har tomonidan tomosha qilamiz!

Kuni kechagina o‘rta narxli Galaxy A12 smartfoni Geekbench servisida imtihon topshirgan va Samsung rasmiy saytiga chiqqan edi. Endi bo‘lsa Slashleaks sayti uning sifatli suratlarini e’lon qildi.

O‘QING: Samsung birinchi «o‘ldirib bo‘lmas» 5G-smartfonini tayyorladi

Ta’kidlash lozimki, bular «jonli» rasmlar emas, balki insayderlik ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan render suratlardir. Biroq ularni e’lon qilgan manba to‘g‘ri chiquvchi prognozlari bilan shu paytgacha ham ishonch qozonib ulgurgan.

Shunday qilib, Samsung Galaxy A12 modeli kvadrat blokka joylangan uch modulli bosh kameraga ega. Daktiloskopik datchik esa korpusning yon qirrasiga o‘rnatilgan.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

Geekbench servisi mazkur qurilmaning 3 gigabaytlik tezkor xotirali ekanligini tasdiqlagan; doimiy xotirasiga ko‘ra esa bu smrtfon 32 va 64 GBlik variantlarda chiqishi kutilmoqda.

Suratlariga qaraganda, Galaxy A12 korpusida standart quloqchin tirqishi mavjud. Mish-mishlar uning displeyi LCD-panelli ekanidan darak bermoqda.

Insayderlarga ko‘ra, Galaxy A12 smartfoni ba’zi mamlakatlar bozoriga Samsung Galaxy M12 modeli sifatida chiqariladi. Akkumulyatorining tok sig‘imi naq 7000 mA/soatlik bu gadjet korpusining «jonli» rasmlarini esa mana bu xabarimizda e’lon qilganmiz.

O‘QING: Samsung besh yil avvalgi to‘rt xil smartfonini ham yangilayapti – sababi jiddiy!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!