Yangi hamyonbop tarif rejalarini qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  3165
  •  13.04.2021 16:33

Yangi hamyonbop tarif rejalarini qarshi oling!

Avvalroq Mobiuz uyali aloqa operatori birdaniga ikkita aksiya joriy etib, 23 maygacha internet xizmati va internet-to‘plamlar narxlarini tushirgan edi. Yaqinda esa u uchta tarif rejasi abonentlari uchun «Plyusda bo‘ling!» aksiyasini e’lon qilgan. Shuningdek...

O‘QING: Mobiuz abonentlari va unga ulanmoqchi bo‘lganlar uchun ikkita xushxabar bor

Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, juda ko‘p sonli abonentlar mobil aloqaga oyiga 40 ming so‘mgacha sarflashga tayyor, deyiladi kompaniya xabarida. Shunday ekan, bunday talabga mos keladigan mahsulot va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq.

Bu segmentga kiradigan abonentlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, Mobiuz mobil aloqa operatori moslashuvchan shartlarga ega ikkita – «Mobi 25» va «Mobi 30+» tarif rejalarini ishga tushirdi. Xususan, «Mobi 25» bo‘yicha 3 500 MB, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 750 daqiqa va 750 ta SMS-xabar kiradi. «Mobi 30+» abonent to‘lovi doirasida 5 000 MB, 1 000 daqiqa va xabarni o‘z ichiga olgan.

Avvallari abonentlar oylik to‘lovlarni tejash maqsadida oyning oxirida tarif rejalarini o‘zgartirishlari kerak edi. «Mobi 25» va «Mobi 30+»ga istalgan vaqtda ulanish yoki o‘tishlari mumkin. Tariflarning abonent to‘lovi ulangan yoki tarifga o‘tgan kunida to‘liq olinadi, barcha to‘plamlar to‘liq hajmda taqdim etiladi.

Mobiuz yangi mahsulotlari moslanuvchan – ularda kunlik abonent to‘lovga o‘tish imkoniyati bor. Masalan, abonent 22 aprel kuni «Mobi 25» tarifiga ulandi va tarif bo‘yicha oylik to‘lovni amalga oshirdi. Keyingi oylik to‘lov 22 mayda amalga oshirilishi kerak. Ammo agar o‘sha kuni abonent balansida 25 ming so‘mdan kam mablag‘ bo‘lsa, abonent raqami bandlanmaydi. Tarif avtomatik ravishda kunlik yechib olish tartibiga o‘tadi.

«Mobi 25» tarifi bilan ushbu havola, «Mobi 30+» tarif rejasi bilan esa mana bu havola orqali operator saytida batafsil tanishish mumkin.

O‘QING: Operator bepul kiriladigan saytlar ro‘yxatini kengaytirdi!