Yangi HP Specter x360 16 noutbuki OLED displeyiga ega bo‘ladi

Yangi HP Specter x360 16 noutbuki OLED displeyiga ega bo‘ladi

HP katalogida yangi Specter x360 noutbuki paydo bo‘ldi, uning chiqishi o‘tgan hafta e’lon qilingan edi. Yangi qurilma 16 dyuymli OLED displeyi bilan jihozlangan.

O‘QING: Noutbuk tanlashda e’tiborga olish kerak bo‘lgan 10 jihat

Ishlab chiqaruvchi o‘z veb-saytida bergan ma’lumotiga ko‘ra, noutbukning displey rezolyutsiyasi UHD bo‘lib, uning forma faktori 16:10 ni tashkil qiladi. Ma’lumki, 4K UHD rezolyutsiya yoki 3,840 x 2,160 piksel 16:9 o‘lchamli ekran nisbatiga to‘g‘ri keladi. Bu degani HP Specter x360 16 noutbukining displey rezolyutsiyasi 4K UHD dan yuqori bo‘lib, 3,840 x 2,400 piksel rezolyutsiyani tashkil qiladi. Noutbuk old panelining 91% displeydan iborat.

Qurilma 11-avlod Intel Core i7 protsessori hamda Nvidia RTX3050 videokartasi bilan jihozlangan, shuningdek, u Wi-Fi 6E va Bluetooth 5.2, 5MP HP GlamCam veb-kamerasi va B&O kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan to‘rtta dinamikka ega.

Specter x360 16 noutbuki oktyabr oyida 1,639 dollar narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda. U qora va to‘q ko‘k ranglarda sotiladi.

O‘QING: 10 million so‘mdan yuqori bo‘lgan noutbuk narxlari bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!