«Yangi internet» paydo bo‘lmoqda: hozircha 30 million dollar jalb qilindi

  •   Saroy
  •  1289
  •  15.09.2018 12:04

«Yangi internet» paydo bo‘lmoqda: hozircha 30 million dollar jalb qilindi

DADI deb nomlangan startap (demokratik internet uchun nomarkazlashgan arxitektura) “yangi internet” yaratish uchun hozirgacha qariyb  30 million dollar jalb qilishga ulgurdi. Unda uydagi shaxsiy kompyuter bulutli hisoblash uchun tarmoqning bir qismiga aylanadi va jarayonda oz bo‘lsa ham daromad keltirishi mumkin.

DADI foydalanuvchilarga kontent yaratish, saqlash va taqdim etish imkonini beruvchi  nomarkazlashtirilgan tarmoq yaratishdan umid qilmoqda, ya’ni axborot olishga teng huquqlilik tamoyili asosida, (internet ilk bor yaratilganda ham asosiy maqsad shu edi, aslida).

O‘QING:O‘zbekistonlik startaplar bir million dollarlik investitsiya jalb etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar!

DADI asosiy e’tiborni barchani bir nechta yirik kompaniyalarga qarashli ma’lumotlarni qayta ishlaydigan markazlarga qaram bo‘lishi o‘rniga,  hamma uchun bir xil darajada bo‘lgan   tarmoqda hamkorlik qilishga qaratmoqda.

Tarmoq kuchli hisoblash manbalariga ega bo‘lish uchun blokcheyndan foydalanadi, keyin uning imkoniyati asosida bulutli vazifalarni taqsimlaydi. Tabiiyki, tizim ayrim foydalanuvchilarga maxsus DADI xostingi uchun atalgan bug‘un yaratishga ham imkon beradi.

Ushbu noyob yondoshuv bulutga ulangan istalgan qurilmaga hisoblash vazifalarni  qo‘llab quvvatlovchi bug‘un bo‘lib xizmat qiladi. DADI jamoasi eng ishonchli bug‘unlar sifatida aqlli kolonkalar va Wi-Fi-lampalar kabi maishiy texnikalardan foydalanish imkoniyatlari ustida ish olib bormoqda.

O‘QING:KOICA O‘zbekistondagi startaplarni qo‘llab-quvvatlamoqchi

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.