Yangi iPad Air taqdim etildi: M1 chip va 5G modem

Yangi iPad Air taqdim etildi: M1 chip va 5G modem

Kecha Apple yangi avlod iPhone SE smartfoni bilan bir qatorda yangi iPad Air planshetini ham taqdim etdi. Apple'ning o‘rta toifadagi ushbu plansheti arzonroq iPad va flagman iPad Pro modellarining o‘rtasiga joylashadi. 

iPad Air plansheti M1 chipigi ega bo‘ldi hamda opsiyaviy tarzda 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. M1 chip ushbu planshetning unumdorlik darajasini boshqa iPad Pro modellariniki bilan tenglashtiradi. Birgina farq Air planshetlari kichikroq RAM xotirasiga ega bo‘ladi. 

Boshqa o‘zgarishlarga Center Stage funksiyaga ega bo‘lgan yangi ultra keng burchakli selfi kamerani misol qilib ko‘rsatishmiz mumkin. Center Stage funksiyasi agar foydalanuvchi video qo‘ng‘iroqlar payti o‘z joyidan siljisa, kamera buni sezib uni umumiy rakursda ko‘rsatib turadi. Endi barcha iPad planshetlari ushbu imkoniyatga ega bo‘ladi. 

Ort paneldagi 12MP kamera oldingi avlod iPad Air'dan olinganga o‘xshamoqda. USB-C porti bilan esa endi ikki baravar, aniqroq qilib aytganda, 10Gb/s tezlikda ma’lumot almashinish mumkin. 

Qurilmaga 10.9 dyuymli Liquid Retina displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yorqinligi 500 nitni tashkil qiladi hamda True Tone funksiyasiga ega. 

Yangi iPad Air stereo dinamik va Touch ID tizimiga ega. Qurilma iPadOS 15.4 operatsion tizimida ishlaydi. Ushbu versiyadagi tizim tez orada boshqa iPad qurilmalariga ham jo‘natiladi. 

Universal Control funksiyasi tufayli bir nechta Mac va iPad'larda bitta sichqoncha va klaviaturani muammosiz ishlatish mumkin, hech qanday sozlash talab etilmaydi. 

Yangi planshetda 100% qayta ishlangan alyuminiy korpus, asosiy platada 100% qayta ishlangan qalay hamda korpusda va audio magnitlarda 100% qayta ishlangan noyob tuproq elementlari mavjud.

Qurilma Space Gray, Startlight, Pink, Purple va “stunning new blue“ ranglarida taqdim etildi. Uning narxi 599 dollardan (64GB) boshlanadi. Shuningdek, 256GB xotiraga ega bo‘lgan turi ham sotuvga chiqadi. Planshetga 29 davlatda 18 martdan boshlab oldindan buyurtma berish mumkin. Wi-Fi va 5G tarmoqlariga ega bo‘lgan modelning narxi 749 dollardan boshlanadi. 

Yangi planshet 129 dollarlik 2-avlod Apple Pencil stilusi, 299 dollarlik Magic Keyboard klaviaturasi, 179 dollarlik Smart Keyboard Folio va 79 dollarlik Smart Folio g‘ilofini qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu qo‘shimcha qurilmalarning Black, White, Dark Cherry, English Lavender va Marine Blue rangli turlari mavjud. 

O‘QING: iPhone SE (2022) taqdim etildi: A15 Bionic chipli iPhone 8 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!