Yangi iPad’lar namoyishi kechiktirilishi mumkin

Yangi iPad’lar namoyishi kechiktirilishi mumkin

AQShning Apple kompaniyasi 10 nanometrli texnologiya asosida tayyorlanadigan protsessorlarni ishlab chiqarishdagi past ish koeffitsiyenti tufayli navbatdagi iPad planshetlarining namoyishini kechiktirishi mumkin. Bu haqda mazkur sanoat bilan bog‘liq manbaga tayanib Tayvanning DigiTimes sayti xabar tarqatgan.

Yangi planshetlarning taqdimoti 2017 yilning mart oyiga rejalangan edi. Biroq 10 nm texnologiyasidagi chiplarni tayyorlaydigan TSMC (Taiwan Semiconductor Manufacturing Company) va Samsung kompaniyalari ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda.

TSMC 10 nanometrli  Apple A10X  chiplarini kelgusi yilning mart oyida yalpi tartibda ishlab chiqarishni boshlashi kerak edi, ammo past ish koeffitsiyenti sabab ushbu grafik buzilganligi aytilmoqda.

Avvalroq paydo bo‘lgan xabarlarga ko‘ra, Apple 2017 yilda 9,7 va 12,9 dyuymli yangi iPad Pro, shuningdek, 7,9 dyuymli  iPad mini va ingichka ramkali Home tugmasidan xoli 10,9 dyuymli  iPad planshetlarini taqdim qilishi kutilayotgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!