Yangi iPad Pro: audiotirqish va «Home»siz, lekin ajoyib texnologiyaga ega!

  •   DiMaX
  •  977
  •  30.07.2018 11:29

Yangi iPad Pro: audiotirqish va «Home»siz, lekin ajoyib texnologiyaga ega!

Kupertinolik gigant joriy yilning sentyabrida bir qator yangi devayslari qatori, angi avlod iPad Pro planshetini ham rasman namoyish etadi. Manbalarning xabar berishicha, ular 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishidan mahrum qilinmoqda.

O‘QING: Apple'ning kuzda kutilayotgan barcha devayslari bilan tanishing

Xabarlarga ko‘ra, yangi avlod planshetlar ekranining o‘lchami o‘zgarmagan holda, o‘zi ixchamlashadi – ularning displey atrofidagi romlari ensizroq, korpusi ham yupqaroq qilinmoqda. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, diagonaliga 10,5 dyuymga teng bo‘lgan iPad Pro korpusining o‘lchamlari oldingi avlod qurilmalarda 250,6x174,1x6,1 millimetrga teng bo‘lgan, yangilarida esa u 247,5x178,7x6 millimetrni tashkil etadi. Displeyi 12,9 dyuymlik iPad Pro korpusi esa 305,7x220,6x6,9 millimetrdan 280x215x6,4 millimetrgacha ixchamlashtirilgan.

Shuningdek, yangi planshetlarning o‘ziga xos texnologiyaga ega bo‘lishi haqidagi oldingi ma’lumotlar ham o‘z tasdig‘ini topayotir. Ya’ni, ular «Home» tegmachasi o‘rniga, foydalanuvchining yuzini tanish orqali qurilmani blokdan chiqaruvchi Face ID tizimi bilan ta’minlanadi. Lekin bu funksiya faqat planshetni portret holatida – planshetni tikkasiga ushlaganda ishlaydi.

O‘QING: Xiaomi hatto Apple’ni ham dog‘da qoldirdi: 3D-skanerli ilk planshetning «jonli» rasmlari, xususiyatlari va narxlari!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!