Yangi iPhone 1000 dollar? Bu holva -- 1400 dollarlik ayfonga tayyor tur!

Yangi iPhone 1000 dollar? Bu holva -- 1400 dollarlik ayfonga tayyor tur!

iPhone flagmanlarining yildan-yilga qimmatlashib borishi -- haqiqat. Ayni paytda 256 gigabaytli iPhone 7 Plus $969 dollardan sotilmoqda.

iPhone modelining 10 yillik yubileyi syurprizlarga boy bo‘ladi. Xususan, yangi model ham dizayn, ham texnik jihatdan tubdan o‘zgaradi. Apple ayni paytda yangi ayfonni yaratish uchun yangi texnologiyalarga bearmon pul sarflamoqda, yirik va qimmat startaplarni sotib olmoqda. Bunga e’tibor qilayotgan marketologlarning fikricha, bu chiqimlar uning narxiga ham ta’sir o‘tkazadi va keyingi iPhone narxi kamida $1,200 dan $1,400 dollar atrofida bo‘ladi.

Bu to‘g‘rida yaqindagina taniqli Apple tahlilchisi va Creative Strategies kompaniyasi prezidenti Tim Bajarin ham ma’lum qilgan.

Narx qimmatlashuvining birinchi sababi -- OLED matritsali yorqin ekran paneli bilan bog‘liq. 10 yillik yubiley talqini yanada yorqin va betakror ekran, yirik va yupqa korpus, ilg‘or kamera, kuchli platformaga ega bo‘ladi.

Yirik, ya’ni 5.8 dyuymli OLED ekran, xotiraning kattalashishi natijasida iPhone narxi ham ko‘tariladi. Shuningdek, Apple iPhone 7 va 7 Plus modellarini ham yirikroq ekran va yangi jihatlar bilan qayta ishlab chiqaradi.

Biroq, brendning ko‘pchilik muxlislari "non-Plus", ya’ni ixchamroq talqinni ma’qul ko‘rishadi. Boisi, bu talqin odatda eng arzoni bo‘ladi. Misol uchun, 32 gigabaytli 4.7 dyuymli iPhone 7 $649 dollar turadi. Ya’ni, iPhone 7 Plus'dan $320 dollar arzonroq turadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ular aslida brendni ma’qul ko‘radilar.

Odamlar iPhone smartfonlari bilan birga uxlamoqdalar va birga uyg‘onmoqdalar. Biz yaqinlarimizdan ko‘ra, smartfonimizga ko‘proq vaqt ajratyapmiz. Yangi iPhone narxini bir yilga bo‘ladigan bo‘lsak, har kuni $4 dollarimizni Apple'ga sarflar ekanmiz. Biroq, kompaniya bizdan biz bunga tayyormizmi, yo‘qmi -- so‘rab ham o‘tirmaydi va narxni mustaqil belgilaydi.

Ilk iPhone 2007 yilda $599 dollardan sotilgan. Bir fursat o‘tib uning narxi $399 dollarga tushgan. O‘shanda ko‘pchilik yetkazib beruvchilarga ortiqcha 200 dollar to‘lab ham yangi telefon apparatidan olishga rozi bo‘lgan.

Apple'ning narx siyosati ham tobora o‘zgarib borayotgan odamlarning dunyoqarashi bilan birga o‘zgarib borayotgandek. Misol uchun, ko‘pchiligimiz yangi trend va brendlarning muxlisi sifatida ularning xizmatlaridan foydalanishga, shu orqali atrofimizdagilar oldida hurmat qozonishga harakat qilamiz. Quyidagi misollarga diqqat qiling.

Apple shu yilning so‘ngidan $5,000 dollarik kompyuter sota boshlaydi. Vaholanki, bu pulga 5 ta kuchli kompyuter xarid qilish mumkin. Shuningdek, ko‘pchilik odamlar nomi chiqqan mehmonxonalarning ixcham xonalari uchun ortiqcha 100 dollarni o‘ylab ham o‘tirmasdan to‘laydigan bo‘lib ketishdi. Toyota Corollas kabi lyuks avtomobillar  $20,000 dollarga baholangan bir paytda, ba’zilar $100,000 dollar mablag‘ evaziga Tesla mashinalarini xarid qilmoqda.

Ya’ni, biz bir tomondan brendlarga ortiqcha mablag‘ sarflab, ularni yangi texnologiyalar sari ilhomlantiryapmiz. Boshqa tarafdan esa, o‘zimizni ortiqcha mablag‘ sarflashga majburlab, qiynab qo‘ymoqdamiz.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!