Yangi iPhone’lar internet tezligida eski modellarga, hatto bulturgi Android-smartfonga ham yengildi! («jonli» rasmlar)

  •   DiMaX
  •  1762
  •  27.11.2018 17:49

Yangi iPhone’lar internet tezligida eski modellarga, hatto bulturgi Android-smartfonga ham yengildi! («jonli» rasmlar)

Reddit foydalanuvchilari bu yil taqdim etilgan ayfon modellarini muhokama etayotib, qiziq faktlarni keltirishgan. Aniqlanishicha, iPhone XR, iPhone XS va XS Max modellariga ancha sekin ishlovchi Wi-Fi modullari o‘rnatilgan ekan!

O‘QING: iPhone XR arzonlashadi, iPhone X yana ishlab chiqariladi!

Ma’lumotlarni yuklash tezligi bo‘yicha ular nafaqat eski rusumlardagi iPhone’lardan, balki hatto Samsung’ning bulturgi flagmanidan ham ortda qolgan.

Jumladan, iPhone XR modelini iPhone 6 Plus bilan taqqoslash uchun har ikkalasini Wi-Fi routerdan 6 metr uzoqlikda qo‘yib sinab ko‘rishgan. Bunda yangi model eski ayfondan ma’lumot qabul qilish bo‘yicha uch karra, ma’lumot uzatishda esa ikki karra sekin ishlagan:

Mana bu esa – iPhone XS va iPhone 8 Plus modellarining natijalari:

Quyidagisi – iPhone XS Max hamda iPhone 7 rusumli smartfonlarda internet tezligi:

Shuningdek, Samsung’ning o‘tgan yilgi (yangi ham emas!) flagmani – Galaxy S8 bilan taqqoslaganda ham natijalar Apple foydasiga emas:

Reddit foydalanuvchilarining muhokamada yozishlaricha, iOS 12.1.1 beta-versiyalarida bunday muammo yo‘q va Wi-Fi orqali ulanish tezligi ancha yuqori. Ularning fikricha, Apple yangi operatsion tizim talqini bilan ushbu modulni «tezlashtirgan» yoki iOS 12’dagi xatolikni bartaraf etgan.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda turli rusumlardagi iPhone’larni 2 199 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da Dual-SIM va oddiy iPhone’lar narxlari (2018 yil 17 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!