Yangi iPhone’lar taqdimotdan avval Rossiyada ham savdoga qo‘yildi!

  •   DiMaX
  •  1788
  •  11.09.2018 15:53

Yangi iPhone’lar taqdimotdan avval Rossiyada ham savdoga qo‘yildi!

Apple korporatsiyasi yangi modeldagi smartfon va boshqa gadjetlarini 12 sentyabrdagi taqdimot tadbirida rasman ko‘rsatmoqchi. Ammo ayrim onlayn do‘konlar allaqachon yangi modellardagi iPhone’larni sotuvga qo‘ygan.

O‘QING: Hali rasman namoyish etilmagan yangi iPhone’larni hoziroq xarid qilish mumkin!

Kupertinoliklarning yangi smartfonlari uchta modelda – standart iPhone Xs, katta iPhone Xs Max (yoki iPhone Xs Plus) hamda eng arzon iPhone Xc (iPhone 9 yoki iPhone Xr) nomlari bilan taqdim etilishi kutilmoqda. Hi-Tech Mail.Ru nashrining aniqlashicha, Rossiyadagi internet-do‘konlar ham allaqachon Apple’ning yangi smartfonlari uchun oldindan buyurtma qabul qila boshlagan.

Agar mish-mishlarga ishonadigan va o‘tgan yilgi holatga qaraydigan bo‘lsak, yangi ayfonlar savdosi taxminan 21 sentyabrdan boshlanadi. Rossiyaga esa ular an’anaga ko‘ra sal keyinroq – oktyabrning boshlarida kirib kelishi mumkin. Bu esa olibsotarlar uchun ham yaxshi imkoniyatdir – yangi iPhone’ni birinchilar qatorida olish uchun har qancha pulni to‘lashga tayyor ishqibozlar bor.

O‘QING: Apple’ning yangi gadjetlari: narx, xususiyat va suratlari taqdimotdan bir hafta avval chiqib ketdi

Taxminiy narxlari va texnik xususiyatlari allaqachon ma’lum bo‘lgan ushbu smartfonlar uchun onlayn do‘konlardan tashqari, ayrim uddaburon tadbirkorlar ham buyurtma ola boshlashgan. Jumladan, Sankt-Peterburgda bir kishi iPhone Xs Max (iPhone Xs Plus) uchun 250 ming rubl narxida oldindan buyurtma olmoqda. Savdoning birinchi kunidanoq smartfonni qo‘lga kiritish uchun u Gonkongga uchmoqchi.

Internet-do‘konlar esa birmuncha kamtarona narx qo‘yishmoqda, chunki ular baribir smartfonlarni umumdunyo savdosi boshlangan birinchi kunlardanoq olib kelishmaydi. Turli do‘konlardagi o‘rtacha narxlarga kelsak, hamyonbop iPhone Xc (9/Xr) modeli uchun 60 ming rubl (taxminan 855 AQSh dollari) miqdorida qiymat belgilangan. iPhone Xs modeli uchun 65 dan to 75 ming rublgacha (927–1070 dollar), ulkan ekranli iPhone Xs Max uchun esa 70 dan to 90 ming rublgacha (998–1283 dollar) narx qo‘yilgan.

O‘zbekistonda esa, hali taqdim etilmagan iPhone’larni yetkazib berishni va’da qilayotganlar hozircha uchramadi. Apple’ning boshqa rusumlardagi bir qator smartfonlari bo‘lsa o‘zimizning Terashop.Uz onlayn do‘konimizda ham rasmiy kafolati va O‘zbekiston bo‘yicha eltib berish xizmati bilan sotilmoqda.

O‘QING: Terashop.uz’dagi barcha iPhone’lar narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 10 sentyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!