Yangi iPhone’larning narxi ma’lum

  •   Saroy
  •  1828
  •  27.06.2018 12:55

Yangi iPhone’larning narxi ma’lum

Chamasi, Apple o‘z muxlislarini iPhone SE davomchilari bilan xursand qiladiganga o‘xshamaydi, ammo sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan taqdimotda bir yo‘la uchta smartfonni namoyish etishni rejalashtirgan. Morgan Stanley mutaxassislari allaqachon  iPhone’ning yangi avlodlari qancha turishi haqida bahs-munozarani boshlab yubordi.

Tahlilchilarning chamalashicha, flagmanlarning dastlabki narxlari avvalgilari darajasida qoladi. Ya’ni, 6.5-dyuymli iPhone X Plus (yakuniy nom emas) 999 AQSh dollari turadi, iPhone X merosxo‘ri esa 799 AQSh dollari qilib belgilangan, yana bir model,  6.1-dyuymli IPS-displeyli qurilma esa 699-769 dollar atrofida turishi kutilmoqda. Agar, narxlar ana  shunday tarzda taqsimlansa, demak sotilgan iPhone’larning o‘rtacha narxi ko‘rsatkichi  2 foizlik tushish yoki  shuncha foizga o‘sish o‘rtasida bo‘ladi. Barchasi eng arzon smartfonlar lineykasi narxlariga bog‘liq.  O‘z-o‘zidan tushinarliki, sotuvga xotira sig‘imi kengaytirilgan qimmat modifikatsiyasidagi smartfonlar ham chiqariladi. Bu voqelar rivoji yaxshi tomonga burilgan bo‘lsa, albatta. Ammo..?

O‘QING: iPhone X: “inqilobiy ayfon” haqida 11 fakt!

Apple biznesning  yanada daromadli bo‘lishini ta’minlash uchun boshqacha taktika qo‘llashi ham mumkin – masalan, iPhone X Plus narxini 1099 AQSh dollarigacha oshiradi. Unda iPhone X versiyasi 2018 yilda 999 dollar bo‘ladi, 6.1 dyumli apparat esa 799 dollarga sotiladi. Bunday narxlar foydalanuvchilarga yoqmasligi aniq, albatta. Biroq, voqealar shunday rivojlangan taqdirda sotilgan smartfonlarning o‘rtacha narxi 7.2 foizgacha oshgan bo‘ladi. 

Shunichi qiziqki, ekspertlar dastavval  LCD-displeyli iPhone’ning dastlabki narxlari 550-650 dollar bo‘ladi, degan fikrga borishgandi. Keyinchalik KGI Securities kompaniyasi vakili Min-Chi Kuo narx qimmatlashib borishga moyil ekanligini aytdi:

iPhone X Plus — 900-1000 dollar;
iPhone X (2018) — 800-900 dollar;
iPhone (LCD)  600-700 dollar.

O‘QING: Xiaomi rahbari dunyoning eng yaxshi smartfonini aytdi

Uchchala smartfon ham yupqa romli ekranga ega bo‘ladi va  yuqori qismi  yuzni 3D-skanerlash uchun qirqmali bo‘ladi . Agar mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, flagmanlarda yangilangan  Face ID versiyasi ham bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!