Yangi iPhone modellarida ham barmoq izi skaneri bo‘lmaydi

Yangi iPhone modellarida ham barmoq izi skaneri bo‘lmaydi

Apple kompaniyasi ekran ostida barmoq izini aniqlash texnologiyasi ustida ish olib borishni to‘xtatganligi ma’lum bo‘ldi, bu haqida yashirin qolishni istagan manbalarga asoslanib iDrop News xabar bermoqda.

Kompaniya endi o‘z e’tiborini Face ID texnologiyasiga qaratgan va shu yilning yanvar oyida Touch ID jamoalarini ham Face ID ustida ishlashgan yuborgan. Bunga iOS 15.4 beta versiyasida Face ID'ning niqob bilan ham odam yuzini aniqlash xususiyati paydo bo‘lganini isbot qilib keltirish mumkin.

Endi keyingi qadam esa ekran ostida Face ID funksiyasidan foydalanish imkonini yaratish bo‘ladi. Shunday qilib iPhone 14'da emas, balki katta ehtimol bilan iPhone 15 smartfonlarida hech qanday tirqishlarsiz, ekran osti kamerali smartfonlarni kutishimiz mumkin bo‘ladi. 

O‘QING: Apple Galaxy S22 uchun raqobatchi tayyorlamoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!