Yangi iPhone SE 2022 smartfonidan nimalar kutilmoqda?

Yangi iPhone SE 2022 smartfonidan nimalar kutilmoqda?

Apple o‘zining eng hamyonbop smartfonini bu yil yangilaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone SE'ning 2022-yilgi versiyasi kelasi oyda taqdim etiladi. Quyida yangi iPhone SE qanday dizayn hamda texnik jihatlarga ega bo‘lishi haqida so‘z yuritamiz. 

O‘QING: Caviar qishki Olimpiada o‘yinlariga bag‘ishlangan qimmatbaho iPhone 13 Pro qurilmalarini taqdim etdi 

Dizayn 

Dizayn borasida hech qanday o‘zgarish yo‘q. Yangi model 2020-yilgisi bilan deyarli bir xil. Ushbu dizayn esa 2017-yilda ishlab chiqarilgan iPhone 8'dan olingan. Ranglar borasida ham o‘zgarish yo‘q, yangi iPhone SE oq, qora va qizil ranglarda sotuvga chiqariladi. 

Qurilmaga 4.7 dyuymli LCD displeyi o‘rnatiladi. Displeyning yuqori va pastki qismi qalin ramkalar bilan qoplanadi. Pastki qismda, shuningdek, “Uy“ tugmasi joylashgan bo‘lib, u Touch ID vazifasini ham bajaradi. Afsuski, smartfonda Face ID tizimi bo‘lmaydi. 

Orqa panel shisha bilan himoyalanadi. Smartfon simsiz quvvatlanish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, u MagSafe texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Avvalgi model kabi iPhone SE 2022 suv va changdan himoya IP67 standartiga ega bo‘ladi. Dizaynda o‘zgarish bo‘lmagani kabi katta ehtimol bilan akkumulyator sig‘imida ham o‘zgarish bo‘lmaydi. 

5G 

5G yangi modelning eng katta ustunligi. Apple endi arzonroq modeldagi smartfonlarga ham 5G modemlarni o‘rnatmoqda. Hozirga vaqtda 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng arzon Apple smartfoni iPhone 12 mini bo‘lib, uning narxi 599 dollarni tashkil qiladi. Albatta, iPhone SE 2022 bundan ham arzon narxda sotuvga chiqadi. 

Yangi SE modeli 5G tezligi bo‘yicha iPhone 13 va 13 Pro modellari bilan bir xil bo‘ladi. 

Chipset 

2020-yilgi SE modelga A13 Bionic chipi o‘rnatilgan edi. Yangi modelga bundan kuchliroq chip o‘rnatiladi.

Ayrim manbalar Apple ushbu modelga yangi A15 Bionic chipni o‘rnatishi haqida ma’lumot berayotgan bo‘lsa, ayrimlari qurilma o‘tgan yilgi A14 Bionic chipiga ega bo‘lishini aytmoqda. Agar 2020-yilgi model xuddi iPhone 11 modellari kabi A13 Bionic chipni bilan jihozlanganligini hisobga olsak, yangi modelga A15 Bionic chipi o‘rnatiladi. 

Akkumulyator avtonomligi 

Hozirgi iPhone SE modelida to‘liq quvvat bilan 13 soatgacha video tomosha qilish mumkin. Ushbu model 50% quvvat olishi uchun 30 daqiqa vaqt sarflaydi. Smartfon 18 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega. 

Yangi model ham xuddi shunday bo‘lishi kutilmoqda.

Kamera 

Yangi iPhone SE'ga takomillashgan kamera o‘rnatiladi. Ushbu kamera iPhone 13'dan olinadi. Hozircha bu to‘g‘risida hech qanday ma’lumot yo‘q, biroq kamerada o‘zgarish bo‘lishi rejalashtirilgan. 

Hozirgi iPhone SE modeli 7MP selfi va 12MP asosiy kameraga ega. 

Nom 

2022-yilgi modeldan farqlanib turishi uchun Apple yangi modelni iPhone SE 5G deb nomlamoqchi. Avvalroq ushbu model iPhone SE Plus deb nomlanishi taxmin qilgan edi. Biroq qurilma hajm jihatidan kattalashmagani uchun ushbu taxmin o‘zini oqlamadi. 

Narx 

MacRumors'ning bergan ma’lumotlariga ko‘ra yangi model avvalgisi kabi 399 dollar narxda sotuvga chiqadi. Bir necha kun oldin 2022 yilgi modelning narxi 300 dollardan boshlanishi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lgan edi. 

Taqdimoy 

Apple 8-mart sanasida iPhone SE bilan bir qatorda iPad Air va M1 Pro va M1  Max chili bilan jihozlanadigan Mac mini'ni taqdim etadi. 

iPhone SE'ning kelajagi 

2023 yoki 2024-yilgi modellar to‘liq ekran dizaynida bo‘lishi hamda ushbu modellardan “Uy“ tugmasi olib tashlanishi haqida bir qancha mish-mishlar tarqaldi. 

Displey tahlilchisi Ross Young keyingi yilgi modellar 5.7 va 6.1 dyuymli kattaroq displey hamda yumaloq tirqishli selfi kameraga ega bo‘lishiga ishonmoqda. Apple tahlilchisi Ming-Chi Kuo esa 2023-yilgi iPhone SE modeli kattaroq displey bilan jihozlanishini aytdi. 

O‘QING: iPhone SE 2022 hamda yangi Apple qurilamalarining qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.