Yangi iPhone'lar qanday nomlanishi aytildi. Shuningdek stilus...

Yangi iPhone'lar qanday nomlanishi aytildi. Shuningdek stilus...

Kecha Bloomberg muharriri Mark Gurman Apple’ning navbatdagi flagmanlari nomlanishini haqida xabar bergandi. Unga ko‘ra yangi smartfonlar iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11R deb nomlanadi. Ushbu insayder avvalgi avlod iPhone'lari nomlanishini ham taqdimotdan avval aniq aytgan edi. 

O‘QING: Apple hayratda: kvadrat modulli ilk smartfonni umuman boshqa kompaniya namoyish qildi!

Avgustning boshida Citi Research tahlilchilari 2020 yilga kelib iPhone qurilmalari Apple Pencil stilusini qo‘llab quvvatlashi mumkinligi haqida aytgandi. Ammo, Twitter’da e’lon qilingan suratga ko‘ra iPhone 11 va iPhone 11 Pro smartfonlari ham stilusga ega bo‘ladi.

iPhone 11 и iPhone 11 Pro на одном изображении вместе со... стилусом

Agar ushbu taxminlar o‘zini oqlasa, Apple kutilmagan yechim bilan chindan ham jamoatchilikni hayratlantirishi mumkin.

iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11R namoyishi bir oydan so‘ng bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

O‘QING: iPhone 11'ning taxminiy taqdimot sanasi bilan tanishing