Yangi jangovar o‘yinni taqdimotidan ham avval o‘ynab ko‘rishga ulguring! (+video)

  •   DiMaX
  •  1182
  •  17.09.2020 17:02

Yangi jangovar o‘yinni taqdimotidan ham avval o‘ynab ko‘rishga ulguring! (+video)

Sony bugun o‘zining yangi avlod konsollari – PlayStation 5 hamda uning PlayStation 5 Digital Edition versiyasi narxini hamda bozorga chiqish vaqtini aytdi. Shu bilan birga, korporatsiya ular uchun eksklyuziv bo‘ladigan o‘yinlarni ham sanab o‘tgan.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

Bu orada esa ommabop Call of Duty turkumi dasturchilari PlayStation 4 pristavkalari egalari uchun xushxabar e’lon qilishdi. Ya’ni, ushbu rusumdagi konsollar egalari hali rasman taqdim etilmagan Call of Duty: Black Ops Cold War o‘yinini hammadan burun, alfa-test doirasida o‘ynab ko‘rishlari mumkin.

O‘yinning ochiq alfa-testi davomida geymerlar klassik «O‘limgacha jang» va «Ustunlik qilish» rejimlaridan tashqari, yangi – «VIP Escort» rejimida ham o‘ynay oladilar. Alfa-versiyada allaqachon Miami hamda Satellite jang maydonlari, shuningdek Armada dengiz xaritasi ham taqdim etilgan.

Call of Duty: Black Ops Cold War o‘yinining alfa-testi 18 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Lekin o‘yinning o‘zini PlayStation 4 egalari bugun soat 20:00 danoq yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur sinov o‘yinlari 20 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 gacha davom etadi.

O‘QING: Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?