Yangi kompaniyalarni sotib olish uchun Samsung aqlbovar qilmas darajada katta mablag‘ ajratdi

Yangi kompaniyalarni sotib olish uchun Samsung aqlbovar qilmas darajada katta mablag‘ ajratdi

Samsung o‘zining chorak natijalarini e’lon qildi. 2021 yilning ikkinchi choragidagi foyda uch yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi, chunki ushbu chorakda kompaniya daromadning 20 foizga o‘sishi va umumiy foydaning 54 foizga o‘sishini qayd etdi.

O‘QING: Samsung'ning yangi quvvatlagichi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Kompaniya kelajakdagi o‘sish sur’atini yanada yaxshilash uchun o‘zining asosiy vakolatlarini takomillashtirishga katta mablag‘ kiritmoqda. 114 milliard dollardan ziyod zaxiraga ega Samsung hozirda biror bir kompaniyani sotib olish niyatida.

Samsung shu yilning yanvar oyida biror kompaniyani o‘z safiga qo‘shib olishga faol harakat qilayotganini aytgandi. Bu qaysi kompaniya ekanligi aytilmagan bo‘lsa-da, bozor tahlilchilari Samsung avtomobillarning yarimo‘tkazgichi bilan shug‘ullanadigan kompaniyani sotib olishi mumkin degan xulosani berishdi. Maqsadlar orasida esa NXP, Texas Instruments and Microchip Technologies kompaniyasi ham bor ekanligi aytilgan edi.

Samsung keyingi yillarda pandemiyadan keyingi raqobatbardoshlikni oshirish uchun keng ko‘lamli xaridlarni amalga oshirishni davom ettirishini yana bir bor ta’kidladi. Samsung Electronics Ijrochi vitse-prezidenti Ben Sux kecha o‘tkazilgan konferensiya chog‘ida investorlarga ishlab chiqarishni yanada oshirish kerakligi ekanligini ta’kidladi.

Sux kompaniya yangi maqsadlarni amalga oshirishga jiddiy kirishganligi va bir necha kompaniyalarni sotib olish ehtimoli borligini aytib o‘tdi. Bozor tahlilchilari Samsung yarimo‘tkazgich va uyali aloqa sanoatida o‘ziga katta yordam bera oladigan kompaniyani sotib olishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
2016 yilda Samsung Harman kompaniyasini sakkiz milliard dollarga sotib olgandan beri, kompaniya sotib olishga katta mablag‘ sarflamadi.

O‘QING: Samsung birinchi galda Android 12’ga o‘tuvchi smartfonlarini rasman aytdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!