Yangi ko‘rinishdagi Redmi Note 8 Pro taqdim qilindi

Yangi ko‘rinishdagi Redmi Note 8 Pro taqdim qilindi

Dunyo bo‘ylab sotuvlari davom etayotgan Redmi Note 8 Pro smartfonining yangi rangdagi talqini taqdim qilindi.

Bu haqida Playfuldroid sayti xabar bermoqda.

Deep Sea Blue (Chuqur dengiz ko‘ki) deb ataluvchi rangdagi smartfon Tayvanda debyut qilindi. Orqa panel to‘q ko‘k va akva (suv) ranglarida tovlanadi. Helio G90T chipida ishlovchi smartfon Tayvan bozorida bir-biridan xotira sig‘imi bilan farqlanuvchi ikki talqinda sotuvda mavjud. Qurilmaning boshqa jihatlari esa odatiy Note 8 Pro'lar bilan bir xil (64MP asosiy, 8MP ultra keng burchakli, makro va sath kameralari). Old tomon esa 20MP kamera uchun ochilgan tiriqshga ega 6.53 dyuymli LCD panel bilan qoplangan.Redmi Note 8 Pro'ning ko‘pchilikka yoqqan jihati USB-C porti orqali 18 vattda quvvatlash texnologiyasi va 4 500 mA/soatli akkumulyatoridir. 3.5 mm audio jek va elektron qurilmalarni boshqarish uchun pult ham bor. 

Smartfonning 6/64GB li talqini 215 dollar, 6/128 li versiyasi esa 250 dollar atrofida turadi. Qurilmaga hafta oxirigacha oldindan buyurtma bersangiz, sovg‘a sifatida 10 000 mA/soatli cho‘ntak quvvatlagichiga ham ega bo‘lasiz.

O‘QING: Redmi Note 8T namoyish qilindi – uning oddiy Redmi Note 8’dan farqlari qanday?