Yangi MacBook Pro va AirPods 3 global sotuvlar boshlanganidan ikki kun o‘tib Toshkentda paydo bo‘ldi – narxlar

Yangi MacBook Pro va AirPods 3 global sotuvlar boshlanganidan ikki kun o‘tib Toshkentda paydo bo‘ldi – narxlar

18 oktyabr kuni Apple bir vaqtning o‘zida ikkita yuqori darajadagi yangilikni – 14 va 16 dyuymli displeyli yangilangan MacBook Pro, shuningdek, AirPods quloqchinlarining uchinchi avlodini taqdim qilgani haqida xabar bergandik. 26 oktyabr kuni AQShda ham, Yevropaning bir qator mamlakatlarida ham yangi mahsulotlarning sotuvi boshlandi.

Kecha, 28 oktyabr kuni yangi mahsulotlarni Toshkent shahrida, xususan, «Malika» savdo majmuasida xarid qilish mumkin edi, deb xabar beradi «Repost.uz» muxbiri. Biroq, yangi mahsulotlarning narxi rasmiy narxlardan sezilarli darajada yuqori belgilangan. Shunday qilib, AQShda rasmiy narxi 1999 dollar bo‘lgan 14 dyuymli MacBook Proʼning bazaviy modeli Toshkentda o‘rtacha 2700 dollar va undan ko‘proqqa (konfiguratsiya va displey diagonaliga qarab) xarid qilish mumkin.

AQShda rasmiy narxi 179 dollar bo‘lgan AirPods 3 naushniklarini Toshkentda o‘rtacha 280 dollardan 300 dollargacha bo‘lgan narxda xarid qilish mumkin. Eslatib o‘tamiz, bu standart AirPodsʼlarning birinchi keng ko‘lamli yangilanishi bo‘ldi – qurilma korpusining «oyog‘i» kaltalashdi hamda atrof-muhit ovozi texnologiyasi joriy qilindi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.