Yangi «matnli bomba» Android hamda iOS’dagi messenjerlarni «o‘ldirmoqda»!

  •   DiMaX
  •  1292
  •  08.09.2020 15:01

Yangi «matnli bomba» Android hamda iOS’dagi messenjerlarni «o‘ldirmoqda»!

Qurilmalarning ish faoliyatini buzuvchi «matnli bomba»lar – muayyan belgilar tizmalari haqida yozganmiz. Xuddi shunday ziyonkor rasmlar – Android’ni «o‘ldiruvchi» oboylar ham tarqalgan va ularning «jonli» videosini ulashganmiz.

O‘QING: Istalgan telefon himoyasini SIM-karta orqali buzish yo‘li topildi – bittagina SMS kifoya ekan!

WABetaInfo nashrining yozishicha, WhatsApp messenjerini ishdan chiqaruvchi shunaqa belgilar jamlanmasi tarqalgan. Bu galgi «matnli bomba» ham Android, ham iOS tizimida ishlayotgan ilovalarni birdek «o‘ldirmoqda».

Xavfli xabar shunchaki g‘alati simvollarning bema’ni jamlanmasiga o‘xshaydi. Lekin uni WhatsApp orqali sizga yuborishsa tamom – messenjer o‘chib qoladi. Ilovani qayta yoqaman desangiz – baribir u yana o‘sha belgilarni ko‘radi va yana o‘chib qolaveradi.

O‘QING: Zoom ham, Skype ham kerak emas: WhatsApp’da endi 50 kishilik videokonferensiya qila olasiz!

Mazkur kiberhujumga uchragan WhatsApp’ni «hayotga qaytarish»ning ikkita usuli bor:

  1. Qurilmangizdan WhatsApp ilovasini o‘chirib, uni oldingi yozishmalarni sinxronizatsiya qilmasdan qayta o‘rnatasiz. Bunda sizning oldin uzishgan barcha chatlaringiz ham yo‘qoladi, lekin messenjer jamoasi «matnli bomba» muammosini bartaraf etganidan so‘ng chatlaringizni «bulutli» serverdan qayta tiklab olsangiz bo‘ladi.
  2. Kompyuterdagi WhatsApp versiyasini ochib, o‘sha «matnli bomba» kelgan xabarni o‘chirib tashlash. Lekin buning uchun o‘sha ziyonkor xabar kelmasidan oldin kompyuteringiz (yoki noutbukingiz)ga bu messenjerning desktop versiyasini o‘rnatib qo‘ygan bo‘lishingiz lozim. Zero, unda akkauntingizga kirish uchun smartfoningizdagi WhatsApp orqali tasdiqlash talab etiladi; «matnli bomba» kelganidan so‘ng esa buning imkoni qolmaydi.

Bulardan tashqari, shunchaki bir necha kun davomida WhatsApp’ni ochmay turaverish ham mumkin. Messenjer jamoasi bu orada «matnli bomba» muammosini bartaraf etuvchi yangilanish chiqarsa, keyin ilovani yangilab, so‘ng ochsangiz – hammasi joy-joyiga tushib ketadi.

O‘QING: Mobil ilovadan foydalanib, 3750 MBgacha bonuslar oling!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!