Yangi Need for Speed qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Yangi Need for Speed qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Need for Speed poyga o‘yinlari seriyasining so‘nggi Need for Speed: Heat qismi chiqarilganiga ham uch yil o‘tdi, lekin Electronic Arts taniqli poyga o‘yinning yangisini qachon chiqarishini ma’lum qilishga shoshilmayapti.

Jurnalist va insayder Jeff Grubbning so‘zlariga ko‘ra, Need for Speed'ning yangi qismi shu yilning noyabr oyida chiqariladi. Shuningdek, ma’lum qilinishicha EA yangi o‘yinni faqat PlayStation 5 va Xbox Series X/S konsollari va albatta kompyuter uchun chiqaradi xolos, PlayStation 4 va Xbox One o‘yinning yangi qismini ko‘rmaydi.

Har safar turli xil yangi jamoalar tomonidan ishlab chiqarilganligi sababli Need for Speed poyga seriyasining har bir qismi shu kungacha doimiy o‘zgarib kelgan va bu an’ana yangi qism uchun amal qiladigan ko‘rinadi. Jeff Grubbning yana bir xabarlariga ko‘ra, Need for Speed yangi qismida fotoreallik va anime estetikasi birlashtirilishi mumkin.

"Bilasizmi, mashinalar reklamasi yoki shunga o‘xshash narsa ko‘rganingizda mashina aylanib yurgan bo‘ladi, keyin esa multfilm alanga yoki shunaqa narsa undan uchib chiqadi. Ular shunaqaroq estetika ustida ishlashayotganga o‘xshaydi." deydi Jeff Grubb.

O‘QING: Eng mashhur kiber sport o‘yinlari bilan tanishamiz